Banu Lom

Banu Lom (arabcha: بنو لام) – markaziy Arabiston va janubiy Iroqdagi arab qabilasi. Ular qadimgi Tayy arab qabilasidan kelib chiqqan deya daʼvo qilinadi. Qabila XV asrgacha gʻarbiy Najdda (Madina va al-Yamoma oʻrtasidagi hudud) hukmronlik qilgan va 3 ta asosiy badaviy (koʻchmanchi) guruhga boʻlingan. Ular Fuzul, al-Kasir va Al Mugʻira boʻlimlaridir. Banu Lom qabilasining koʻp urugʻlari Najdda oʻtroq aholi sifatida hayot kechirgan[1].

  1. Nakash, Yitzhak. The Shi'is of Iraq. Princeton University Press, 2003 — 27-bet. ISBN 9780691115757. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.