Barbara Nvaba | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | Amerikan |
Tavallud sanasi |
18-yanvar 1989-yil Los Angeles, California, United States |
Boʻyi | 5fut |
Sport | |
Qaysi sport | Yengil atletika |
Barbara Udoezi Nvaba (Barbara Nwaba; 1989.01.18) — Santa Barbara trek klubi vakili boʻlgan amerikalik yengil atletikachi. Pentatlon va heptatlon musobaqalari, shuningdek, 2015-yil AQShochiq havoda yengil atletika boʻyicha yetptatlon chempioni.
Nvaba 1989-yil 18-yanvarda Los-Anjelesda (Kaliforniya) nigeriyalik Teodor va Blessing Nvaba oilasida dunyoga kelgan. Oilada 6 nafar farzand boʻlib, Nvaba ularning eng kattasi boʻlgan. Oʻrta maktabni 2007-yilda bitirgan.Shu yilning oʻzida 300 metrga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha CIF Los-Anjeles Siti boʻlimi chempioni boʻlgan[1] va keyinchalik 4 marotaba ikkinchi oʻrinni egallagan, CIF California State Meet musobaqasida balandlikka sakrash boʻyicha ishtirok etgan, ammo dastlabki bosqichdayoq musobaqadan chetlatilgan[2]. Nvaba akademik asosda Santa-Barbaradagi Kaliforniya universitetida optometriyani oʻrgangan[3] va 2012-yilda oʻqishni sotsiologiya boʻyicha diplom bilan tamomlagan. U 100 va 400 metrga toʻsiqlar osha yugurishda maktab rekordini oʻrnatgan va 4x400 metrga estafeta jamoasida rekord natija qayd etgan. Bu jarayonda u yetptatlon musobaqalarining aksariyatida kuchli oʻntalikka kirgan[4]. U 2012-yilda Umumamerikalik nomini olish yoʻlida Katta Gʻarb konferensiyasining geptatlon chempioni sifatida oʻz faoliyatini yakunlagan[5]. Uning akasi Devid Nvaba professional basketbolchi boʻlgan. U 2017-yilning 28-fevralida tugʻilib oʻsgan Los-Anjeles Leykers safida debyut oʻyinini boshlagan.
Nvaba faoliyatini Santa Barbara trek klubida davom ettirib, murabbiy Josh Priester bilan shugʻullanishda davom etdi[5][6]. U 2012-yilgi Olimpiadada 5986 ball toʻplagan holda beshinchi oʻrinni egalladi[7][8] Nvaba 2012-13-oʻquv yilida Santa Barbara oʻrta maktabida yordamchi murabbiy boʻlgan[9]. 2014-yilgi ochiq havo chempionatida u 6307 ball toʻplab, 163 ball farq bilan geptatlonda Sharon Day-Monrodan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[10]. Barbara Nvaba 2015-yilgi Amerika chempioni boʻlgan, Sharon Day- Monrodan 42 ochkoga ortda qolib, roppa-rosa 6500 ball toʻpladi va pentatlon boʻyicha 2-oʻrinni egalladi. Nvabaning umumiy koʻrsatkichi uni Qoʻshma Shtatlar tarixidagi oltinchi eng koʻp ball toʻplagan geptatlonchiga aylantirdi[11]. Barbara Nvaba 2016-yilgi Amerika pentatlon chempioni boʻlib, 2016-yilgi yengil atletika boʻyicha yopiq inshootlardagi jahon chempionatida AQSh vakili sifatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi[12]. Barbara Nvaba 2016-yilgi yopiq inshootlardagi jahon chempionatida 4661 ball toʻpladi. Beshkurash bahsida Brayan Teyzen -Eaton va Alina Fyodorovadan keyingi oʻrinni egallab, bronza medali bilan taqdirlandi[13]. Barbara Nvaba geptatlonda 6494 ball toʻpladi. 2016-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari Olimpiya oʻyinlarida AQSh terma jamoasidagi hamkasblari Xezer Miller-Koch va Kendell Uilyamsga qoʻshildi va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida AQSH vakili sifatida ishtirok etdi[14]. Eng yaxshi amerikalik oʻyinchi sifatida 12-oʻrinni egalladi.