Ingliz tilidagi dastlabki muqovasi | |
Muallif(lar) | Colleen Hoover |
---|---|
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | romantika |
Nashr etilgan sanasi | 18-oktyabr, 2022-yil |
Nashriyot | Atria Books |
Sahifalar soni | 336 |
ISBN | 978-1-66800-122-6 |
Avvalgisi | Barchasi biz bilan yakun topadi |
Barchasi biz bilan boshlanadi (inglizcha: It Starts with Us) – Colleen Hooverning romantik mavzudagi romani. Ilk bor Atria Books nashriyoti tomonidan 2022-yil 18-oktabrda chop etilgan[1]. Bu yozuvchining 2016-yil bestselleriga aylangan „Barchasi biz bilan yakun topadi“ (inglizcha: „It Ends with Us“) romanining davomi edi[2]. Asar haqida ilk bor 2022-yil fevral oyida eʼlon qilingan[3]. Roman Simon & Schuster nashriyotining barcha davrlardagi eng koʻp oldindan buyurtma qilingan kitobiga aylandi[4]. Hoover bu romanni asarning dastlabki qismi muxlislariga „rahmat“ sifatida yozgan[5].
Asar „Barchasi biz bilan yakun topadi“ romani tugagan joydan davom etadi hamda Lily va Atlas oʻrtasidagi munosabatlarga qaratilgan boʻladi[6].