Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bahtiyor Hamidullayev | ||
Tavallud sanasi | 7-mart 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Andijon, O'zbekiston | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Andijon (Murabbiy) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997—2002 | Andijon | 96 | (80) |
2003 | Paxtakor Toshkent | 5 | (2) |
2003—2004 | Andijon | 33 | (14) |
2005 | Neftchi | 9 | (0) |
2006—2008 | Andijon | ||
2009 | Olmaliq | ||
2010—2011 | Andijon | 47 | (6) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2001 | O'zbekiston | 8 | (3) |
Boshqargan klublari | |||
2018—2019 | Andijon (yoshlar) | ||
2020- | Andijon | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-noyabr 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (20-oktabr 2001-yil uchun) |
Baxtiyor Hamidullayev (1978-yil 7-martda tugʻilgan[1], Andijon, SSSR (hozirgi Oʻzbekiston) — sobiq Oʻzbek futbolchisi. Hozirda „Andijon“ klubini boshqarib kelmoqda[2].
Faoliyatining eng koʻp vaqtini „Andijon“ futbol jamoasida yuqori saviyali oʻyin koʻrsatib oʻtkazgan va „Andijon“ futbol klubida oʻsha davrda faoliyat yuritgan futbolchilar ichida zamonaviy davrdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topilgan. Hamidullayev 1999/2002 va 2006-yilgi mavsumlarda klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan, shuningdek, 1999-yilda 24 gol va 2002-yilda 22 gol bilan futbol boʻyicha Oʻzbekiston Ligasi toʻpurariligida yakka peshqadamlik qilgan[3]. U Oʻzbekiston Ligasi, Kubogi va milliy terma jamoasi safida 190 dan ortiq gol urgan, Gennadiy Krasnitskiy klubining oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi. U futbolchilik faoliyatini 2011-yilda yakunlagan va oxirgi mavsumda „Andijon“ jamoasida oʻynagan.
Baxtiyor Hamidullayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 8 ta oʻyin asosiy tarkibda maydonga tushib, 3 bora raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. Uning xalqaro maydondagi Terma jamoa safida ishtirok etgan oʻyinlari orasida 2001-yilda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan Merdeka turniri alohida ajralib turadi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi marta gʻolib chiqqan edi. Hamidullayev 3 ta uchrashuvda ham asosiy tarkibda maydonga tushib 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Uning Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan final bahsida qoʻshimcha vaqtda kiritgan oltin goli Oʻzbekiston terma jamoasiga 2:1 hisobida gʻalabasiga sabab boʻlib, Oʻzbekistonga chempionlikni olib kelgan.
Kattalar terma jamoasi tarkibida urilgan gollar
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 22.06.2001 | Kuala-Lumpur, Tailand | Tailand | 1 — 0 | 1-0 | 2001-yil Merdeka turniri |
2. | 26.06.2001 | Kuala-Lumpur, Tailand | Hindiston | 1 — 0 | 2-1 | 2001-yil Merdeka turniri |
3. | 30.06.2001 | Kuala-Lumpur, Tailand | Bosniya va Gersegovina | 2 — 1 | 2-1 | 2001-yil Merdeka turniri |