Belém do Pará konvensiyasi

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, jazolash va uni bartaraf etish bo‘yicha Amerikalararo konvensiya, ko‘proq Belém do Pará konvensiyasi nomi bilan tanilgan va Amerika davlatlari tashkiloti (OAS) ning Amerikalararo ayollar komissiyasi (CIM) tomonidan 1994-yil 9-iyunda Braziliyaning Belém do Pará shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyada qabul qilingan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatdir[1]. Bu ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini, ayniqsa jinsiy zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortadigan birinchi qonuniy kuchga ega xalqaro shartnomadir[2]. 2004-yil 26-oktyabrda ishtirokchi-davlatlarning Konvensiyaga rioya etishini taʼminlash uchun Kuzatuv Mexanizmi (MESECVI) agentligi tashkil etilgan[2].

1980-yillarning oxirlarida Salvador, Gaiti, Peru va Lotin Amerikasi boʻylab hukumat aʼzolarining ayollardan turli yomon maqsadlarda foydalanishi aniq boʻlgan. Shu bilan birga oiladagi zoʻravonlikka oid muommolar va ayollarning boshqa jamiyat orasidagi muommolari ommaviy munozarada birinchi oʻringa qoʻyilgan[3].

1988-yilda Amerikada „Xotin-qizlar Komissiyasi“ bosim oʻtkazish uchun xalqaro meʼyorlarni yaratish modeliga amal qilgan[3]. 1990-yilda maxsus maslahat yigʻilishi belgilangan. 1990-yilda ayollarning zoʻravonlik boʻyicha Amerikada bunday turdagi birinchi diplomatik yigʻilishi boʻlgan[1]. Yigʻilishda ishtirokchilar ayollar oʻrtasidagi zoʻravonlik masalasini baholagan[4]. Keyin esa konvensiya taklifi ishlab chiqilayotganda muammolarni oydinlashtirishga yordam berish uchun hukumatlararo ekspertlar yigʻilishi tashkil etilgan. Yakuniy hujjat 1994-yildagi Belém do Pará Konventsiyasi nomi bilan tanilgan boʻlib, ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qaratilgan birinchi shartnoma boʻlgan. U 1994-yil aprel oyida CIM delegatlarining maxsus assambleyasida taqdim etilgan. U 1994-yil 9-iyun kuni Braziliyaning Belém do Pará shahrida qabul qilingan va OASga aʼzo 34 davlatdan 32 tasi tomonidan maʼqullangan[5].

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil mart oyi holatiga koʻra, Amerika Davlatlari Tashkilotiga aʼzo boʻlgan 34 yoki 35 ta davlatdan 32 tasi Belém do Pará konvensiyasini imzolagan, ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan. Ushbu roʻyxatda faqat Kanada, Kuba va AQSh yoʻq.

Kuzatuv mexanizmi (MESECVI)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishtirokchi-davlatlar tomonidan Konvensiya majburiyatlariga rioya etilishini samarali nazorat qilish uchun ishtirokchi-davlatlar 2004-yil 26-oktyabrda Belém do Pará Konvensiyasiga rioya qilish mexanizmi deb nomlangan MESECVI agentlikni yaratgan. MESECVI ikki organdan iborat: Ishtirokchi-davlatlar Konferensiyasi va Ekspertlar Qoʻmitasi. MESECVI shtab-kvartirasi Vashingtondagi CIM Ijroiya Kotibiyatida joylashgan[3].

  1. 1,0 1,1 Persadie, Natalie. A critical analysis of the efficacy of law as a tool to achieve gender equality. Lanham, Md.: University Press of America, 2012 — 199-bet. ISBN 978-0-761-85809-6. Qaraldi: 2015-yil 16-iyul. 
  2. 2,0 2,1 „Basic Documents of the MESECVI“. CIM website. Organization of American States (2008). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 Gender politics in global governance. Lanham [u.a.]: Rowman & Littlefield, 1999 — 65–66-bet. ISBN 978-0-847-69161-6. Qaraldi: 2015-yil 16-iyul. 
  4. „Inter-American Convention on the Prevention, Punishment, and Eradication of Violence Against Women - 1994“. Organization of American States. Inter-American Commission of Women. Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.
  5. „Inter-American Program on the Promotion of Women's Human Rights and Gender Equity and Equality“. Organization of American States 1–7. Inter-American Program on Women. Qaraldi: 2015-yil 13-iyul.