Beshrabot | |
---|---|
shahar | |
40°13′0″N 65°18′0″E / 40.21667°N 65.30000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Navoiy viloyati |
tuman | Navbahor tumani |
Aholisi | 5 005 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Beshrabot — qishloq, Navoiy viloyati Navbahor tumani markazi (1983 yildan). Navoiy shahridan 24 km shimoli-gʻarbda. Navoiy temir yoʻl stansiyasidan 28 km narida. Beshrabotdan Konimex arigʻi oqib oʻtadi. Aholisi 5000 kishiga yaqin (2000), asosan oʻzbeklar va qoraqalpoqlar. Aholisi asosan qishloq xoʻjaligi (paxtachilik, chorvachilik, polizchilik va sabzavotchilik) bilan shugʻullanadi. Beshrabotda gʻisht zavodi, marmarga ishlov berish sexi ishlab turibdi. „Farzikent“ mol bozori, savdo rastalari, 2 maktab, kattalar va bolalar kasalxonasi, 2 bolalar bogʻchasi bor.[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |