Bestune B70 — bu Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisi Bestune FAW Group tomonidan ishlab chiqarilgan o'rta o'lchamli sedan yoki Katta oilaviy avtomobil hisoblanadi.
Birinchi avlod B70 Mazda 6 bilan birgalikda Ford CD3 platformasi bilan ishlab chiqilgan va 2006-yildan 2014-yilgacha 2012 yilda o'rta davrdagi tusi o'rgartirilishi bilan ishlab chiqarilgan. Ikkinchi avlod B70 2014-yildan 2019-yilgacha ishlab chiqarilgan va Mazda 6 bilan bir xil platformada qurilgan bo'lib, Volkswagen tomonidan ishlab chiqarilgan turbo dvigatelga ega qo'shimcha RS varianti ham mavjud. Uchinchi avlod B70 2020-yildan ishlab chiqarilgan.
Bestune B70 (Birinchi avlodi) | |
---|---|
Tashqi koʻrinishi | |
Ishlab chiqaruvchisi | FAW Group - Bestune |
Ishlab chiqarish | 2006–2014-yillar |
Assambleya | Changchun, China |
Korpus va shassi | |
Avtomobil tasnifi | Mid-size car/ Large family car (D) |
Avtomobil korpusi tuzilishi | 4-eshikli sedan |
Avtomobil tartibi | Front engine, Front-wheel drive |
Quvvat oʻtkazgich | |
Dvigateli |
1.8 L CA4GD5 I4 (petrol) 2.0 L LF I4 (petrol) 2.3 L L3 I4 (petrol) |
Harakat uzatish mexanikasi |
6 bosqichli manual 6 bosqichli avtomat 5 bosqichli avtomat |
Oʻlchamlari | |
Gʻildiraklari | 2,675 mm (105.3 in) |
Uzunligi | 4,705 mm (185.2 in)/4,729 mm (186.2 in) |
Kengligi | 1,782 mm (70.2 in) |
Balandligi | 1,465 mm (57.7 in) |
Xronologiyasi | |
Avvalgi modellari | Mazda 6-Ford CD3 platform |
Hozirgi modellari | Besturn B70 II |
Birinchi avlod B70 texnik jihatdan Mazda 6 ning birinchi avlodiga asoslangan. Avtomobil 2006-yilda taqdim etilgan va bu avtomobilning dvigateli Mazda tomonidan ishlab chiqarilgan. 2012-yilda dizayni qayta ko'rib chiqilgan.
Mashina ixtiyoriy ravishda 2,0 litrli 108 dvigatelli yoki 120 kW (161 hp; 163 PS) litrli 2,3 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Ikkala dvigatel ham Mazda'dan olingan. 2.0 L uchun olti pog'onali mexanik uzatmalar qutisi va besh pog'onali avtomat mavjud, 2,3 Lligi esa faqat avtomatik boshqaruv bilan jihozlangan. Yangilangan ohirgi bosqichda esa B70, FAW'dan tomonidan 1,8 litrli dvigatel bilan jihozlangan.
Xavfsizlik uskunalari mos ravishda Xitoy avtomobillari narxidan ancha yuqori hisoblanadi. Haydovchi va old yo'lovchi uchun xavfsizlik yostiqchalari shinalar bosimini nazorat qilish tizimi, ABS va tortish nazorati kabi standart uskunalar bilan jihozlangan. Qo'shimcha haq evaziga ko'plab boshqa xavfsizlik yostiqchalari taqdi, etiladi. Jumladan, standart sifatida konditsioner, DVD pleer va navigatsiya tizimi kabi jihozlardir[1].
FCV varianti 2010-yil 15-aprelda kontsept-kar sifatida taqdim etilgan.
Ikkinchi avlod Bestune B70 2014-yil may oyida bozorga chiqarilgan. U ikkinchi avlod Mazda6 bilan bir xil platformaga asoslangan. Ikkinchi avlod B70 dvigatellari 108 kVt 2,0 litr (LF) dvigatel va 120 kVt 2,3 litr (L3) dvigatelni o'z ichiga oladi. Kotta miqdorli dvigatel variantlari 2012-yilda bekor qilingan va uning o'rniga FAW tomonidan ishlab chiqilgan B50 komplektatsiyasi bilan birgalikda 1,8 litrli (ET3) dvigatel o'rnatilgan[2].
Uchinchi avlod Bestune B70 — bu 5 eshikli liftbekli sedan bo'lib, u 2020-yilgi Pekin avtosalonida taqdim qilgan. Uchinchi avlod Bestune B70 — bu FAWning yangi FMA arxitekturasiga asoslangan birinchi avtomobili hisoblanadi. FAW ma'lumotlariga ko'ra, FMA FAW modulli arxitekturasini anglatadi, „F“ esa „Oldinga“ va „Kelajak“ degan ma'noni anglatadi[3].
Uchinchi avlod Bestune B70 sedani 169 ot kuchiga jihozlangan 1,5 litrli turbo dvigatel [4] va dvigatel olti pog'onali avtomatik uzatmalar qutisi yoki olti pog'onali mexanik uzatmalar qutisi bilan birlashtirilgan[5].
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |