Bishr ibn Safvon al-Kalbiy | |
---|---|
Ifriqiya hokimi | |
Mansab davri 721 – 727 | |
Hukmdor | Yazid II, Hishom |
Oʻtmishdoshi | Muhammad ibn Yazid |
Vorisi | Ubayda ibn Abdurahmon al-Qaysiy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti |
727 Qayravon |
Munosabatlari | Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy (ukasi) |
Ota-onasi | Safvon ibn Tuvayl |
Bishr ibn Safvon al-Kalbiy (arabcha: بشر بن صفوان الكلبي) (727-yilda vafot etgan) – Umaviylar xalifaligining Misrdagi (720–721) va Ifriqiyadagi (721–727) hokimi.
Safvon ibn Tuvaylning oʻgʻli Bishr arablarning Banu Kalb qabilasidan boʻlgan[1].
720-yilda Bishr xalifa Yazid ibn Abdulmalik tomonidan Ayyub ibn Sharhabilning oʻrniga Misr hokimi etib tayinlandi. Viloyatda boʻlgan davrida Bishr oʻzidan oldingi hokim tomonidan qabul qilingan bir qancha chora-tadbirlarni, jumladan, mahalliy musulmonlarning maoshini oshirish va nasroniy cherkovlari uchun belgilangan soliqlarni bekor qildi. Banu Qudoʼa qabilasi aʼzolarini boshqa qabilalardan ajratish orqali devon roʻyxatini isloh qildi[2]. Aynan Bishr hokimligi davrida Tinnis shahri vizantiyaliklar tomonidan hujumga uchragan va urush oqibatida bir qancha musulmonlar halok boʻlgan[3].
721-yilda Muhammad ibn Yazidning oʻldirilishi ortidan Yazid Bishrni Ifriqiya (Shimoliy Afrika) hokimi etib tayinlanishini buyurdi. Buyruqqa binoan Bishr gʻarbga qarab yoʻl oldi va uning oʻrniga Misrni boshqarish uchun ukasi Hanzala ibn Safvon qoldi. Viloyatga yetib kelgach, Bishr Muhammadning oʻlimi ortida Abdulloh ibn Muso ibn Nusayr turgani haqidagi xabar olindi va bu xabarni Yazidga yoʻllagan maktubida bayon qildi. Voqeadan xabar topgan Yazid Abdullohni oʻldirish kerakligi haqida Bishrga buyruq berdi. Bishr Abdullohni qatl qilib, uning uzilgan boshini xalifaga yubordi. Shuningdek, Abdullohning mol-mulkini musodara qilishga kirishdi va uning sobiq sheriklariga nisbatan jazo choralarini qoʻlladi[4].
723-yilda Bishr xalifa bilan shaxsan uchrashish maqsadida Ifriqiyadan joʻnab ketdi, lekin yoʻlda ketayotib, Yazidning vafot etganini va uning oʻrnini Hishom ibn Abdulmalik egallagani haqidagi xabarni oldi. Bishr Yazidga boʻlgani kabi yangi xalifaga ham hurmat va sadoqatini bildirdi. Bunga javoban Hishom Bishrning Ifriqiya ustidan hokimligini qayta tasdiqladi va uni viloyatga qaytardi[5].
Ifriqiyada hukmronligi davrida Bishr oʻz qoʻmondonlarini Oʻrta yer dengizidagi Vizantiya nishonlariga qarshi muntazam ravishda yurishlarga joʻnatdi. 721 va 727-yillarda Sardiniyaga, 724-yilda esa Sardiniya va Korsikaga, shuningdek, 722 va 726-yillarda ham bir qancha yurishlar amalga oshirildi. Bishrning oʻzi Sitsiliyaga qarshi yurishlarni boshqargan, natijada bir qancha oʻljalar qoʻlga kiritilgan, ammo boʻronlar uning flotini bosib olib, armiyasining koʻp qismini yoʻq qilgan va shu sababli hujum oqibati falokatli yakunlangan[6].
Bishr 727-yilda Qayravonda kasallikdan vafot etgan. Uning oʻrniga Ubayda ibn Abdurahmon al-Qaysiy tayinlangan[7].
Oʻtmishdoshi: Ayyub ibn Sharhabil |
Misr hokimi 720–721 |
Vorisi: Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy |
Oʻtmishdoshi: Muhammad ibn Yazid |
Ifriqiya hokimi 721–727 |
Vorisi: Ubayda ibn Abdurahmon al-Qaysiy |