2021-yil noyabr oyida Ridley ScottBlade Runner televizion serialining 10 ta qismi uchun dastlabki rejalar yozilganini eʼlon qildi[1]. 2022-yil fevral oyida serialning nomi Blade Runner 2099 sifatida eʼlon qilindi va u Amazon Prime Video uchun ishlab chiqilayotgan edi. Silka Luisa shouga yozuvchi va ijrochi prodyuserlik qilgan. Rivojlanish bosqichida Ridley Scott rejissyor qilishi aytilgandi[2]. Amazon loyihani 2022-yil sentyabrida mini-serial sifatida buyurtma berdi va Tom Spezialy yozuvchi ijrochi prodyuser sifatida qoʻshildi[3]. Jeremy Podeswa 2023-yil mart oyida bosh prodyuserlik qilish uchun yollangandi[4]. U 2024-yil fevraligacha rejalashtirishdagi ziddiyatlar tufayli ishdan ketadi, Jonathan Van Tulleken esa dastlabki ikkita qismga rejissyorlik qilishni oʻz zimmasiga oladi[5]. 2024-yil may oyida Michelle Yeoh Olwen rolida aktyorlar tarkibiga qoʻshildi[6]. Iyun oyida esa Hunter Schafer serialning bosh qahramoni sifatida aktyorlar tarkibiga qoʻshildi[7]. Iyul oyida Dimitri Abold, Lewis Gribben, Katelyn Rose Downey, Daniel Rigby, Johnny Harris, Amy Lennox, Sheila Atim va Matthew Needham serialning aktyorlar tarkibiga qoʻshildi[8]. Avgust oyida Tom Burke va Maurizio Lombardi serialning doimiy ishtirokchilari sifatida aktyorlar tarkibiga qoʻshildi[9].
Serial Belfastda suratga olishni boshlashga tayyorlanayotgan edi, oʻshanda 2023-yilgi WGA ish tashlashi tufayli ishlab chiqarish 2024-yilga qoldirildi[10]. Ish tashlash tugaganidan soʻng, ishlab chiqarish Shimoliy Irlandiyani butunlay tark etdi. Shimoliy Irlandiya ekran fondi tomonidan berilgan 4,1 million funt sterlingdan tahminan 1,5 million funt sterling sarflandi, ammo barcha berilga va sarflangan pul ishlab chiqarish mamlakatni tark etayotgani tufayli fondga qaytariladi[11].
Asosiy suratga olish ishlari 2024-yil may oyi boshida ChexiyaningPraga shahrida boshlangan[6][12], filmda Rob Hardy va Ula Pontikos operator sifatida ishlamoqda[13][14].