Boburjon Omonov | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Boburjon Zoirjon o'g'li Omonov |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
11-oktyabr 2000-yil Marhamat tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston |
Mukofotlar |
![]() ![]() |
Sport | |
Qaysi sport | Paralimpiya yengil atletika |
Boburjon Zoirjon oʻgʻli Omonov (tugʻ. 2000-yil 11-oktyabr, Marhamat tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, yadro uloqtirish boʻyicha F41 toifasida ixtisoslashgan. Para-Osiyo oʻyinlari, Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionati hamda Tokio va Parij Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi.
2016-yildan murabbiy Mavlon Haydarov rahbarligida paralimpiya sporti bilan shugʻullana boshladi. 2017-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻldi. 2019-yilda Dubayda (BAA) oʻtkazilgan Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida (HPK) yadro uloqtirishda 14,31 metr natija bilan oltin medal va Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi[1][2].
2021-yilda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi, Boburjon Omonov 14,06 metr natija bilan Paralimpiya rekordini yangiladi[3]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Omonovni Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirladi[4].
Boburjon Omonov 2023-yil iyulda Parijda (Fransiya) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha 14 m 73 sm natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi va shu tariqa jahon chempionati rekordini yangiladi hamda 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritdi[5].
Oʻsha yilning oktabr oyida Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarining F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha Boburjon Omonov 13,14 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u ushbu fan boʻyicha Paraosiyo oʻyinlari rekordini oʻrnatdi[6]. Boburjon Omonov 2024-yilgi Parij Paralimpiya oʻyinlarida 14.32 metr natija qayd etib, ikki karra paraolimpiya chempioniga aylandi[7].
Eʼtiborlisi, 23 yoshli sportchi Tokioda oʻzi oʻrnatgan rekordini yangiladi[8].