Brendan Shinnimin | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
7-yanvar 1991-yil East Saint Paul, Manitoba, Kanada | ||
Boʻyi | 5 ft 10 in (178 cm) | ||
Ogʻirligi | 181 lb (82 kg; 12 st 13 lb) | ||
Pozitsiyasi | Markaziy oʻyinchi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap qanot | ||
DEL Sobiq jamoalar |
Adler Mannheim Arizona Coyotes SCL Tigers Barys Astana Växjö Lakers | ||
NHLga kirish drafti | Tanlanmagan | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2012—hozirgacha |
Brendan Shinnimin (1991-yil 7-yanvarda tugʻilgan) Kanadalik professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi. U faoliyati davomida Deutsche Eishockey Ligasi (DEL) ning Adler Mannheim jamoasida oʻynagan. Shinnimin faoliyatining boshida Kanada Milliy xokkey ligasining (NHL) Arizona Coyotes jamoasida ham oʻynagan.
Oʻsmirlik davrida Shinnimin Gʻarbiy Xokkey Ligasining (WHL) Tri-City Americans jamoasida oʻynagan. Shinnimin 2011—2012-ylgi WHL mavsumida 134 ochko bilan WHLning yetakchi toʻpurari boʻlgan va 2012-yilgi Bob Clarke kubogi sohibi boʻlgan[1][2][3]. U nafaqat WHLda gol urish boʻyicha, balkim butun Kanada xokkey ligasida yetakchi toʻpurar boʻlgan[3]. 2012-yilda Shinnimin WHLda yilning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Four Broncos Memorial Trophy sovrinini qoʻlga kiritgan[4]. 2010—2011-yillarda u WHLning ikkinchi jamoasi yulduzi deb topilgan[5].
2010-yil 19-oktabrda Shinnimin 12 oʻyinga diskvalifikasiya qilingan[6]. 2009-yilda u WHLning Subway Super Series jamoasi tarkibida Russian junior all-stars jamoasiga qarshi oʻynagan[7].
Shinnimin 2012-yilning 2-martida Milliy xokkey ligasining Pheonix Coyotes jamoasi bilan erkin agent sifatida uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekkan[8].
2016-yilning 14-iyulida Shinnimin Milliy A Ligasining (NLA) SCL Tigers jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[9]. U NLAdagi debyutini 2016-yil 9-sentyabrda PostFinance Arenada SC Bern jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2016-yil 21-dekabrda Tigers jamoasida 32 ta oʻyindan atigi 12 tasida maydonga tushgan. Soʻngra Tigers Shinnimin bilan shartnomani bekor qilgan[10]. Oʻsha oyning oxirida u Kontinental Xokkey Ligasi (KHL)ning Baris Astana klubi bilan shartnoma imzolagan.
Shvetsiya xokkey ligasining Växjö Lakers jamoasi bilan uch muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, Shinnimin 2020-yil 4-sentyabrda bir yillik shartnoma asosida DELning Adler Mannheim klubi bilan oʻynagan[11].
GP | Oʻynalgan oʻyinlar | G | Gollar | A | Uzatmalar | Pts | Jamoa toʻplagan ochkolari | PIM | Penalti uchun belgilangan daqiqalar |
Doimiy mavsum | Pley-off | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Jamoa | Liga | GP | G | A | Pts | PIM | GP | G | A | Pts | PIM | ||
2006—2007 | Winnipeg Thrashers | MMHL | 31 | 10 | 27 | 37 | 28 | 12 | 4 | 11 | 15 | 8 | ||
2007—2008 | Selkirk Steelers | MJHL | 51 | 7 | 19 | 26 | 38 | 5 | 1 | 0 | 1 | 5 | ||
2007—2008 | Tri-City Americans | WHL | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2008—2009 | Tri-City Americans | WHL | 64 | 12 | 13 | 25 | 69 | 11 | 0 | 5 | 5 | 16 | ||
2009—2010 | Tri-City Americans | WHL | 70 | 27 | 55 | 82 | 82 | 22 | 8 | 17 | 25 | 29 | ||
2010—2011 | Tri-City Americans | WHL | 60 | 34 | 62 | 96 | 84 | 10 | 4 | 7 | 11 | 16 | ||
2011—2012 | Tri-City Americans | WHL | 69 | 58 | 76 | 134 | 82 | 15 | 7 | 16 | 23 | 28 | ||
2012—2013 | Portland Pirates | AHL | 74 | 12 | 21 | 33 | 77 | 1 | 0 | 1 | 1 | 0 | ||
2013—2014 | Portland Pirates | AHL | 52 | 13 | 15 | 28 | 31 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Portland Pirates | AHL | 64 | 22 | 25 | 47 | 80 | 5 | 2 | 4 | 6 | 8 | ||
2014—2015 | Arizona Coyotes | NHL | 12 | 0 | 1 | 1 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Springfield Falcons | AHL | 30 | 5 | 9 | 14 | 36 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | SCL Tigers | NLA | 12 | 2 | 7 | 9 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Barys Astana | KHL | 17 | 2 | 4 | 6 | 12 | 10 | 1 | 0 | 1 | 16 | ||
2017—2018 | Växjö Lakers | SHL | 45 | 14 | 20 | 34 | 83 | 13 | 2 | 8 | 10 | 30 | ||
2018—2019 | Växjö Lakers | SHL | 47 | 17 | 16 | 33 | 86 | 4 | 3 | 2 | 5 | 4 | ||
2019—2020 | Växjö Lakers | SHL | 50 | 5 | 17 | 22 | 91 | — | — | — | — | — | ||
NHLdagi umumiy ochokolari | 12 | 0 | 1 | 1 | 8 | — | — | — | — | — |
Mukofot | Yil | |
---|---|---|
WHL | ||
Ikkinchi yulduzlar jamoasi (Gʻarbiy) mukofoti | 2010—2011 | [5] |
Broncos Memorial Trophy mukofoti | 2011—2012 | [4] |
Bob Clarke Trophy WHL toʻpurari mukofoti | 2011—2012 | [3] |
Birinchi yulduzlar jamoasi (Gʻarbiy) mukofoti | 2011—2012 | [4] |
AHL | ||
Yulduzlar oʻyini mukofoti | 2015 | |
SHL | ||
Le Mat Trophy (Växjö Lakers) mukofoti | 2018 | [12] |