Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Cameron Terry Coxe[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-dekabr 1998-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Merthyr Tydfil, Uels | ||
Boʻyi | 6 fut 1 inch (1.85 m)[3] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
Boreham Wood klubida ijara Colchester United klubidan | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005-2017 | Cardiff City | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017-2020 | Cardiff City | 0 | (0) |
2020-2022 | Solihull Moors | 23 | (0) |
2021-2022 | → Colchester United (ijara) | 15 | (0) |
2022- | Colchester United | 23 | (0) |
2022- | → Boreham Wood (ijara) | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2014-2015 | Wales U17 | 6 | (0) |
2015-2016 | Wales U19 | 6 | (0) |
2017 | Wales U20 | 2 | (0) |
2017-2022 | Wales U21 | 16 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (13-oktyabr uchun) |
Cameron Terry Coxe (1998-yil, 18-dekabrda tugʻilgan) — Uelslik professional futbolchi, „Boreham Wood“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi, „Colchester United“ klubidan ijaraga olingan.
Coxe Merthyr Tydfil shahrida tugʻilgan va Afon Taf oʻrta maktabida oʻqigan[4].
Coxe oʻz faoliyatini Cardiff City klubida boshlagan, 2017-yilning fevralida oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolashdan oldin etti yoshida klubning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[5][6]. U professional debyutini 2017-yilning 22-avgustida EFL kubogining ikkinchi bosqichida "Burton Albion" klubiga qarshi o‘yinda (2:1) o‘tkazdi[7]. Ammo, Coxe kegingi ikki yil davomida asosiy jamoada maydonga tushmadi. U 2020-yil yanvar oyida yangi bosh murabbiy Neil Harris qoʻl ostida Angliya kubogining ikkita oʻyinida maydonga tushdi, ammo keyinchalik 2019-20-yilgi mavsum oxirida qoʻyib yuborildi[8].
2020-yil avgust oyida Coxe Milliy Liga jamoasi Solihull Moors bilan shartnoma imzoladi[9].
2021-yilning 2-iyulida Coxe Ikkinchi liganing „Colchester United“ jamoasiga 2022-yilning yanvarigacha ijara asosida qo‘shildi[10]. U 2021-yil, 7-avgustda „Colchester“ning „Carlisle United“ klubiga qarshi o‘yinida[11] debyut qildi.
2022-yil, 7-yanvarda Coxe Colchester United bilan doimiy shartnoma imzoladi[12][13].
2022-yil, 13-oktyabrda Coxe Milliy ligaga qaytdi va u qisqa muddatli ijara shartnomasi asosida Boreham Wood klubiga qoʻshildi[14].
Coxe 19 yoshgacha boʻlgan Uels yoshlar terma jamoasi safida oʻynagan[15]. 2017-yil may oyida Coxe 2017-yilgi Tulon turniri uchun Uels U-20 terma jamoasiga kiritilgan. Kot -dʼIvuarga qarshi turnirning ochilish oʻyinida jamoa safida debyut qilganidan soʻng[16], Coxe Uelsning Fransiyaga qarshi ikkinchi guruh oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo Bahraynga qarshi guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Uels terma jamoasi musobaqadan chiqib ketganligi sababli maydonga tushmadi[17][18].
Coxe 2017-yilning 1-sentyabrida Shveysariya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan holda 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida debyut qilgandi[19]. U 2018-yilning may oyida Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Uels terma jamoasining dastlabki kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan, ammo yakuniy roʻyhatga kira olmagan edi[20].
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Cardiff City | 2017-18[21] | Championship | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
2018-19 | Premyer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
2019-20[22] | Championship | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | |
Jami | 0 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | ||
Solihull Moors | 2020-21[23] | Milliy liga | 23 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 26 | 0 |
Colchester United (ijara) | 2021-22[24] | Ikkinchi liga | 15 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 22 | 0 |
Colchester United | 2021-22[24] | Ikkinchi liga | 16 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 16 | 0 |
2022-23[25] | Ikkinchi liga | 7 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 10 | 0 | |
Jami | 23 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 26 | 0 | ||
Karyera jami | 61 | 0 | 6 | 0 | 4 | 0 | 7 | 0 | 78 | 0 |