Chandubi koʻli – tabiiy koʻl Assam, Kamrup tumani, Rabha Xasong avtonom viloyatidan 64 kilometr uzoqroq masofada joylashgan. Chandubi koʻliga Guvahati shahridan Milliy avtomagistral 37 orqali kirish mumkin[1]. Chandubi koʻli Assam va Meghalaya bilan oʻralgan Garo tepaliklari etagida joylashgan. Hududda chuqur oʻrmon va kichik qishloqlar mavjud. Chandubi koʻli atroflari sayr qilish uchun tabiiy joy hisoblanadi. Chandubi koʻliga qishda koʻplab koʻchmanchi qushlar uchib keladi.
Chandubi koʻli 1897-yil 12-iyunda tunda sodir boʻlgan Assam zilzilasida paydo boʻlgan. Oʻsha davrda oʻrmon oʻzining geologik holatini yoʻqotdi va zilzila natijasida ushbu oʻrmon Chandubi koʻliga aylandi[2].
Chandubi koʻlining asosiy xususiyati shundaki, koʻlda har doim tabiiy lagun hosil boʻladi. Chandubi koʻli baliq ovlashni xush koʻruvchilarni baliq tutish va dam olish taklif qiladi, bundan tashqari koʻl maʼmuriyati xodimlari Chandubi koʻli suvlarida eshkak eshish uchun qulayliklar yaratganlar. Chandubi koʻlining sayyohlik maskani hisoblanib, yanvar oyining birinchi haftasida Chandubi festivali boʻlib oʻtadi. Ushbu festival paytida koʻlga koʻplab sayyohlar tashrif buyurishadi. Chadubi festivalida mahalliy qishloq aholisi oʻzlarining anʼanaviy yoki madaniy raqs namunalarini ijro etadilar, bundan tashqari doʻkonlarda mahalliy anʼanaviy taomlar sotuvi yoʻlga qoʻyiladi[3]. Chandubi koʻliga qishda koʻplab koʻchmanchi qushlar uchib keladi. Koʻplab sayohlar qushlar galasini tomosha qilishadi va albatta ushbu ajoyib manzaraning guvohiga aylanadi.