Chelsie Monica Ignesias Sihite

Chelsie Monica Ignesias Sihite

Chelsie SIhite 2018-yilgi 43-shaxmat Olimpiadasida
Mamlakat Indoneziya bayrogʻi Indoneziya
Tugʻilishi 2-noyabr 1995-yil (1995-11-02) (29 yosh)
Balikpapan, Indoneziya
Saravha Woman International Master (2011)
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 2252 (2021-yil noyabr)
Yuqori reytingi 2290 (2013-yil may)

Chelsie Monica Ignesias Sihite (1995-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — indoneziyalik shaxmatchi va Twitch strimeri. U 2011-yilda FIDE xalqaro ayol ustasi (WIM) unvonini oladi va beshta shaxmat olimpiadalarida Indoneziya sharafini himoya qiladi (Xanti-Mansiysk 2010, Istanbul 2012, Tromso 2014, Boku 2016, Batumi 2018).

Shaxmatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil iyun oyida Tarakan shahrida oʻtkazilgan ASEAN+ 12+ yosh toifasidagi shaxmat boʻyicha chempionatda „Ayollar xalqaro ustasi“ unvoniga sazovor boʻladi. U 6,5 ochko (+5 =3 −1) toʻplaydi va Võ Thi Kim Phung va Jansaya Abdumalik bilan birgalikda birinchi oʻrinni egallaydi. Ammo tay-breklarda yutqazib, uchinchi oʻrinni egallaydi[1][2].

Chelsie 2012-yilgi shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida

2012-yil avgust oyida u Afinada shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. U 8,5 ball (+8 =1 −4) toʻplab, sakkizinchi oʻrinni egallab, gʻolib Guo Qidan bir ochko ortda qoladi[3][4].

2012-yil sentabr oyida Istanbulda boʻlib oʻtgan 40-shaxmat olimpiadasida u oʻzining birinchi "Ayol grossmeyster " unvonini qoʻlga kiritadi. U 8 ochko (+7 =2 −1) toʻplaydi. Bu Betul Jemre Yildiz va Irina Krushdan keyin uchinchi eng yaxshi individual koʻrsatkich hisoblanar edi. Ushbu musobaqada Indoneziya terma jamoasi umumiy hisobda 24-oʻrinni egallaydi[5][6].

2015-yil noyabr oyida u Jakartada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Indoneziyaning 45-milliy chempionatida gʻolib boʻladi. U 8 ochko toʻplab (+6 =4 −0),Shanti Nur Abida va Medina Varda Auliyadan yarim ochko oldinga oʻtib ketadi. Yakuniy natijalarga koʻra birinchi oʻrinni egallab chempionlikni qoʻlga kiritadi[7].

2019-yil iyun oyida u Yogyakarta shahrida boʻlib oʻtgan JAPFA shaxmat boʻyicha ayollar grossmeyster turnirida ikkinchi ayol grossmeysterlik darajasini qoʻlga kiritadi. U 6 ochko (+3 =6 −1) toʻplab, gʻolib Lương Phương Xạnhdan bir ochko ortda qoladi va turnirni beshinchi oʻrinda yakunlaydi[8][9].

2020-yil oktabr oyida u Osiyo xalqlari (mintaqalari) ayollar onlayn kubogida ishtirok etadi. U turnir bosqichida 5 ochko (+5 =0 −4), pley-off bosqichida esa 3,5 ochko (+3 =1 −2) toʻplaydi. Indoneziya terma jamoasi turnir bosqichida oltinchi oʻrinni egallaydi va finalda faqat Hindistonga yutqazib, ikkinchi oʻringa sazovor boʻladi[10].