Cosmopolitan Russia — „Cosmopolitan“ jurnalining rus tilidagi nashri. „Cosmopolitan Russia“ postsovet davrida Rossiyada nashr etilgan birinchi xalqaro ayollar jurnali edi. „Cosmopolitan Russia“ jurnali 2022-yilda mart oyida „Cosmopolitan“ jurnali bilan aloqasini tugatdi va oʻz nomini „Voice“ deb oʻzgartirdi[1].
"Cosmopolitan Russia" jurnali 1994-yildan Rossiyada nashr etila boshlagan[2][3].Jurnalning birinchi soni 1994-yil may oyida chop etilgan. Dastlabki sonning birinchi sahifasida Sindy Crawfordning rasmi bor edi[4][5]. „Cosmopolitan Russia“ jurnalining muharrirlari gollandiyalik jurnalist Ellen Verbeek va rossiyalik jurnalist Elena Myasnikova edi[6]. „Cosmopolitan Russia“ jurnali Moskvada nashr etilgan[7].
„Cosmopolitan Russia“ jurnali „Sanoma Independent Media“ kompaniyasining Rossiyadagi shoʻbasi tarkibiga kirgan[8]. „Sanoma Independent Media“ kompaniyasiga Derk Sauer asos solgan va kompaniya 2005-yilda Finlandiyaning „SanomaWSOY“ media kompaniyasi tomonidan sotib olingan[9]. „Cosmopolitan Russia“ jurnali Rossiyadagi „Fashion Press“ kompaniyasi tomonidan har oyda nashr etilgan[10]. „Fashion Press“ kompaniyasi egalari Sanoma va Hearstning shoʻba korxonasi „Hearst Shkulev Media“ hisoblangan[11][12]. Polina Sokhranova 2015-yildan boshlab „Cosmopolitan Russia“ jurnalining bosh muharriri boʻlgan[13]. Maya Akisheva jurnalning Qozogʻistondagi muharriri boʻlib ishlagan.
2015-yil iyun oyida „Sanoma Independent Media“ kompaniyasi „Cosmopolitan Russia“ nashriyotini oʻzining hamkori „Hearst Shkulev Media“ga sotishni rejalashtirgan[14]. Biroq bu taklif Rossiya Federatsiyasining Monopoliyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan rad etilgan. 2022-yil may oyida Rossiyadagi „Independent Media“ kompaniyasi „Cosmopolitan Russia“ jurnalining nomi mahalliy brend nomi bilan almashinishini eʼlon qildi[15].
"Cosmopolitan Russia" jurnalining birinchi soni 50 000 nusxada sotilgan[16]. 2005-yilda „Cosmopolitan Russia“ jurnali 1 000 000 nusxada sotilgan va Guinnesning rekordlar kitobiga „eng koʻp nusxada sotilgan jurnal“ sifatida kiritilgan[17][18]. Oylik nashrning tiraji 2009-yilda 1 050 000 nusxani tashkil etgan[19]. 2014-yil may va oktyabr oylari orasida „Cosmopolitan Russia“ jurnali 800 000 nusxada nashr etilgan[20].
- ↑ Pjotr Sauer. „Cosmopolitan no more: Russians feel sting of cultural and economic rift“. The Guardian (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
- ↑ Barbara Mueller. Dynamics of International Advertising: Theoretical and Practical Perspectives, 2nd, New York: Peter Lang, 2011 — 248-bet. ISBN 978-1-4331-0384-1.
- ↑ „Cosmopolitan Print version“. Independent Media. 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.
- ↑ George Green. „Can you say 'Cosmo' in Russian“. Yale Insights (2009-yil 28-aprel). Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.
- ↑ Sonni Efron. „Russian Women Who Want It All Get . . . Cosmo“. Los Angeles Times (1994-yil 29-aprel). Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.
- ↑ Wendy Sloane (2019). "Selling sex to the Russians". British Journalism Review 30 (4): 61,65. doi:10.1177/0956474819891936.
- ↑ „Cosmopolitan (Russia)“. Publicitas. 2017-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.
- ↑ „Russia blocks sale of Russian Cosmopolitan, Esquire“. The Moscow Times (2015-yil 16-iyun). Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.
- ↑ Simon Kuper. „Russian remodelling of a cosmopolitan theme“. Financial Times (2005-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.
- ↑ „Cosmopolitan Print version“. Independent Media. 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.„Cosmopolitan Print version“. Independent Media. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2016-06-11 sanasida arxivlangan) on 11 June 2016. Retrieved 4 June 2016.
- ↑ Wendy Sloane (2019). "Selling sex to the Russians". British Journalism Review 30 (4): 61,65. doi:10.1177/0956474819891936. Wendy Sloane (2019). „Selling sex to the Russians“. British Journalism Review. 30 (4): 61, 65. doi:10.1177/0956474819891936.
- ↑ „Sanoma sells its stake in Russia Fashion Press“. Reuters (2014-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
- ↑ Tess Koman. „What It's Like to Edit Cosmo Russia“. Cosmopolitan (2015-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.
- ↑ „Russia blocks sale of Russian Cosmopolitan, Esquire“. The Moscow Times (2015-yil 16-iyun). Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.„Russia blocks sale of Russian Cosmopolitan, Esquire“. The Moscow Times. 16 June 2015. Retrieved 4 June 2016.
- ↑ „Russian editions of Esquire, Cosmopolitan, Good Housekeeping to assume new names“. TASS (2022-yil 5-may). Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
- ↑ George Green. „Can you say 'Cosmo' in Russian“. Yale Insights (2009-yil 28-aprel). Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.George Green (28 April 2009). „Can you say 'Cosmoʻ in Russian“. Yale Insights. Retrieved 4 June 2016.
- ↑ „Cosmopolitan Print version“. Independent Media. 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.„Cosmopolitan Print version“. Independent Media. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2016-06-11 sanasida arxivlangan) on 11 June 2016. Retrieved 4 June 2016.
- ↑ Wendy Sloane (2019). "Selling sex to the Russians". British Journalism Review 30 (4): 61,65. doi:10.1177/0956474819891936. Wendy Sloane (2019). „Selling sex to the Russians“. British Journalism Review. 30 (4): 61, 65. doi:10.1177/0956474819891936.
- ↑ Saara Ratilainen „Family – That’s an Opera: Creativity and Family Representations in the Russian Women’s Magazine Krest’ianka“, . Russian Mass Media and Changing Values Arja Rosenholm: . London; New York: Routledge, 2010 — 160-bet. ISBN 978-1-136-93573-2.
- ↑ „Cosmopolitan“. GCA International. Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.