Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Curtis Alexander Nelson[1] | ||
Tavallud sanasi | 21-may 1993-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Newcastle-under-Lyme, Angliya | ||
Boʻyi | 6 fut 0 inches (1.83 m)[3] | ||
Ampluasi | markaziy himoyachi[4] | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Cardiff City | ||
Raqami | 16 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2008 | Stoke City | ||
2008—2009 | Plymouth Argyle | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2016 | Plymouth Argyle | 211 | (8) |
2016—2019 | Oxford United | 99 | (7) |
2019- | Cardiff City | 113 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 |
Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 23-oktyabr uchun) |
Curtis Alexander Nelson (talaffuzi: Kurtis Aleksandr Nelson) (21-may 1993-yilda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. Curtis Nelson EFL Chempionati vakili „Cardiff City“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Curtis Nelson Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi safida xalqaro oʻyinlarda ishtirok etadi.
Curtis Nelson Angliyaning Newcastle-under-Lyme shahrida tugʻilgan[5]. Curtis Nelson sprinter Ashleigh Nelson[6] va Alexander Nelsonlarning[7] amakivachchasi hisoblanadi.
Curtis Nelson 2009-yil „Stoke City“ klubining tarbiyalanuvchilari safidan chiqib, „Plymouth Argyle“ klubiga qoʻshildi[8]. Curtis Nelson oʻzining 2009—2010-yilgi mavsumdagi yoshlar jamoasi safidagi oʻyinlari tufayli klubning asosiy jamoa tarkibidan joy oldi[9]. Curtis Nelson 2010—2011-yilgi mavsumda asosiy jamoa bilan mashgʻulot oʻtkazdi va klub murabbiyi Peter Reidni oʻzining oʻyini bilan hayratda qoldirdi[10].
Curtis Nelson 2012-yilning aprel oyida „Plymouth Argyle“ klubi bilan yangi nomaʼlum muddatli shartnoma imzoladi[11][12]. Mavsum davomida Curtis Nelson klubning asosiy tarkibida 21 ta oʻyinda maydonga tushdi[13]. Curtis Nelson oʻzining birinchi golini sentyabr oyida „Northampton Town“ klubiga qarshi oʻyinda kiritdi[14]. „Men golni nishonlash uchun muxlislar oldiga yugurdim, lekin nima qilishni bilmasdim“, dedi Nelson[14]. 2013-yil aprel oyida Curtis Nelson klub jamoasini boshqargan eng yosh jamoa sardoriga aylandi[15]. Curtis Nelson 2012—2013-yilgi mavsumda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 2014-yilning 7-mayida Curtis Nelson klub bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[16].
2016-yilning 4-iyulida Curtis Nelson birinchi liganing yangi klubi „Oxford United“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[17]. Klubdagi ikkinchi mavsumi boshlanishidan oldin (klubdanJohn Lundstram ketganidan soʻng) Curtis Nelson jamoa sardori etib tayinlandi[18]. Curtis Nelson 2017-yil noyabrida „Northampton Town“ klubiga qarshi oʻyinda oyogʻidan jiddiy jarohat olib, mavsumning qolgan qismida safdan chiqqan edi[19]. Jamoadoshi John Mousinho Curtis Nelsonning oʻrniga jamoaga sardorlik qilgan[20]. Curtis Nelson 2018-yilning 14-aprelida jamoa safiga qaytib keldi va unga sardorlik bogʻichi topshirildi[21]. Curtis Nelson klub bilan shartnoma muddatini uzaytirishdan bosh tortdi va 2018—2019-yilgi mavsumdan soʻng „Oxford United“ klubini tark etdi. Curtis Nelson klubdagi uch mavsumi davomida barcha musobaqalarda 121 marta maydonga tushib, 8 marta gol urgan.
Curtis Nelson 2019-yil 27-iyun kuni EFL Chempionati vakili „Cardiff City“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[22]. Curtis Nelson „Cardiff City“ klubi uchun birinchi golini 2019-yilning 2-noyabrida „Birmingham City“ klubi bilan oʻyinda (4:2) kiritdi[23].
Curtis Nelson 2020-yil 7-sentyabrda klub bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi[24].
Klub | Mavsum | Liga | FA kubugi | Liga kubugi | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Plymouth Argyle | 2009-10[25] | EFL Chempionati | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |
2010-11[26] | birinchi liga | 35 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 38 | 0 | |
2011-12[27] | ikkinchi liga | 17 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 21 | 0 | |
2012-13[28] | ikkinchi liga | 27 | 3 | 1 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 32 | 3 | |
2013-14[29] | ikkinchi liga | 44 | 1 | 5 | 1 | 1 | 0 | 2 | 0 | 52 | 2 | |
2014-15[30] | ikkinchi liga | 42 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 49 | 1 | |
2015-16[31] | ikkinchi liga | 46 | 3 | 1 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | 54 | 3 | |
Umumiy | 211 | 8 | 12 | 1 | 7 | 0 | 16 | 0 | 246 | 9 | ||
Oxford United | 2016-17[32] | birinchi liga | 33 | 2 | 4 | 1 | 1 | 0 | 5 | 0 | 43 | 3 |
2017-18[33] | birinchi liga | 20 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 23 | 1 | |
2018-19[34] | birinchi liga | 46 | 4 | 4 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 55 | 4 | |
Umumiy | 99 | 7 | 8 | 1 | 3 | 0 | 11 | 0 | 121 | 8 | ||
Cardiff City | 2019-20[35] | EFL Chempionati | 33 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | 36 | 2 |
2020-21[36] | EFL Chempionati | 44 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | 46 | 1 | ||
2021-22[37] | EFL Chempionati | 24 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | - | 27 | 0 | ||
Umumiy | 101 | 2 | 2 | 0 | 4 | 0 | 2 | 1 | 109 | 3 | ||
Umumiy | 411 | 17 | 22 | 2 | 14 | 0 | 29 | 1 | 476 | 20 |