Damir Zaxartdinov

Damir Zaxartdinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 2-yanvar 1976-yil (1976-01-02) (48 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport erkin kurashchisi
Medallar
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Bronza Anqara 1999 58 kg.gacha
Osiyo chempionati
Bronza Toshkent 1999 58 kg.gacha
Kumush Guylin 2000 58 kg.gacha
Kumush Ulan-Bator 2001 63 kg.gacha
Kumush Deli 2003 60 kg.gacha
Bronza Uxan 2005 60 kg.gacha

Damir Zaxartdinov (1976-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbek erkin kurashchisi, jahon chempionati sovrindori.

1976-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. U Jahon kubogining bronza medalini 1996-yilda qoʻlga kiritadi, biroq Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarida 8-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

Jahon harbiy oʻyinlarining kumush medalini 1997-yilda qoʻlga kiritadi. Damir jahon chempionati va Osiyo chempionatining bronza medaliga 1999-yilda erishdi. 2000-yilda u Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi va Sidney Olimpiya oʻyinlarida 4-oʻrinni egalladi.

Erkin kurashchi tinimsiz mashq qilib, 2001-yilda jahon chempionatida bronza, Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻldi. 2003-yilda harbiylar oʻrtasidagi Osiyo chempionati va jahon chempionatining kumush medallarini olishga muyassar boʻladi.

Zaxartdinov 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan, lekin unga 9-oʻrinni olish nasib qilgan. 2005-yili Osiyo chempionatining bronza medali sohibi, 2006-yilda harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Mukofot va unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1996-yilda “Shuhrat” medali[1]
  • 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[2]
  1. Указ Президента Республики Узбекистан от 16 avgust 1996 года № УП-1506 «О награждении группы спортсменов и спортивных тренеров республики
  2. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер