Dand Aw Patan tumani (pushtucha: ډنډ او پټان ولسوالۍ xanḍ aw paṭān wulaswāley ; forscha: ولسوالی دند و پتان) — Afgʻonistonning Paktia viloyatidagi tumani. Tuman pushtunlarning zazi qabilasi markazida joylashgan[1]. U Pokistonning Khyber-Pakhtunkhva viloyatining Kurram tumani bilan Durand liniyasi chegarasida joylashgan.
2009-yil 19-avgustda Tolibon chegara politsiyasiming nazorat oʻtkazish postiga hujum qilib, bir nafar politsiyachini oʻldirdi.
2020-yil 29-may kuni toliblar Dand Aw Patan tumanidagi chegara xavfsizlik kuchlarining nazorat postlariga bostirib kirishdi. Hujum oqibatida 14 nafar afgʻon xavfsizlik xodimi halok boʻldi, yana 3 nafari yaralandi[2][3][4]. Hujum chogʻida ikki Tolibon isyonchisi ham oʻldirilgan[5]. Hujum Hayit bayrami munosabati bilan Tolibon tomonidan eʼlon qilingan va 2020-yil 24-26-may kunlarigacha davom etgan uch kunlik tinchlik holati tugashidan koʻp oʻtmay sodir boʻldi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |