Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 21-sentyabr 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Cagliari, Italiya | ||
Boʻyi | 1.72 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Olbia | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Cagliari | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2012 | Cagliari | 32 | (4) |
2011—2012 | → Gubbio (ijara) | 28 | (1) |
2013—2014 | Verona | 0 | (0) |
2013 | → Pro Vercelli (ijara) | 17 | (3) |
2014 | → Lanciano (ijara) | 9 | (0) |
2014—2015 | Pro Vercelli | 7 | (0) |
2015—2016 | Rimini | 17 | (4) |
2016—2018 | Olbia | 55 | (20) |
2018—2020 | Cagliari | 13 | (1) |
2018—2019 | → Olbia (ijara) | 47 | (13) |
Milliy terma jamoa | |||
2006—2007 |
Italiyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 12 | (6) |
2007—2008 |
Italiyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 7 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 13-noyabr uchun) |
Daniele Ragatzu (talaffuzi: Daniele Ragatsu) (1991-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Daniele Ragatzu hozirgi kunda Italiya C seriyasining vakili „Olbia“ klubida hujumchi sifatida faoliyat yuritadi.
Sardiniyalik Daniele Ragatzu „Caliari Calcio“ klubida yoshligidan boshlab futbol oʻynaygan.Daniele Ragatzu 2009-yilning 1-martida „Torino“ga qarshi oʻyinda A Seriyadagi birinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Daniele Ragatzu 2009-yil 10-aprel kuni A seriyadagi ilk golini „Fiorentina“ klubi darvozasiga kiritdi. 2009—2010-yilgi mavsumda Ragatzu A Seriyada 2 ta, 2010-yil 3-aprelda "Milan " klubi darvozasiga bitta gol urdi.
2013-yil 8-yanvarda „Verona“ klubi Daniele Ragatzu bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi[1]. Xuddi shu transfer oynasida Daniele Ragatzu „Pro Vercelli“ klubi uchun ijarag berildi.
„Verona“ klubi 2013-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan holda A Seriyani yakunladi. Daniele Ragatzu A Seriyaning 2013—2014-yilgi mavsumida „Verona“ klubi safida 32-raqamli futbolka bilan faoliyatida davom ettirgan[2].
Biroq, 2014-yil 20-yanvarda Daniele Ragatzu vaqtinchalik shartnoma asosida B Seriya vakili „Lanciano“ klubiga ijara asosida oʻtkazildi[3].
Daniele Ragatzu 2014-yining yozida „Pro Vercelli“ klubi bilan shartnoma imzoladi[4].
Daniele Ragatzu 2014—2015-yilgi mavsumda B seriya vakili „Pro Vercelli“ klubi uchun 23-raqamli futbolkada maydonga tushdi[5].
2015-yilning 17-iyulida Daniele Ragatzu va „Pro Vercelli“ klubi ikki tomon oʻrtasidagi oʻyinchi shartnomasini bekor qilishga kelishib oldilar[6]. Xuddi shu transfer oynasida „Rimini“ klubi Daniele Ragatzu bilan shartnoma imzoladi[7]. Ragatzu 2016-yilning 1-fevralida chap oyog‘idan operatsiya qilindi[8].
Mavsum oxirida „Rimini“ klubi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli professional ligadan chetlatildi[9].
Daniele Ragatzu 2016-yilning 16-iyulida Pro-Liganing yangi jamoasi „Olbia“ klubi tarkibiga qoʻshildi[10].
2018-yilning 29-yanvarida Daniele Ragatzu „Cagliari“ klubi bilan 2021-yilgacha shartnoma imzoladi. „Cagliari“ klubi Daniele Ragatzuni 2019-yilning 30-iyuniga qadar „Olbia“ klubiga ijaraga berdi[11].
Daniele Ragatzu 2020-yilning 10-noyabrida 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha „Olbia“ klubida faoliyatini davom ettirdi[12]. 2021-yil 14-mayda Daniele Ragatzu 2021—2022-yilgi mavsum uchun shartnomasini uzaytirdi[13].