Darren Raddysh | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
28-fevral 1996-yil Caledon, Ontario, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 0 in (183 cm) | ||
Ogʻirligi | 201 lb (91 kg; 14 st 5 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
NHL Sobiq jamoalar |
Tampa Bay Lightning Syracuse Crunch | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2017—hozirgacha |
Darren Raddysh (talaffuzi: Darren Raddish) (1996-yil 28-fevralda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkey himoyachisi. Darren Raddysh hozirda Amerika xokkey ligasining (AHL) „Syracuse Crunch“ xokkey jamoasida oʻynamoqda.
Raddysh 1996-yil 28-fevralda Ontario shtatining Caledon shahrida ombor menejeri Dwayne va hisobchi Gwen Raddysh oilasida tugʻilgan[1]. Darren Raddysh Torontoda akasi Taylor bilan birga oʻsgan[2].
Raddysh oʻzining dastlabki xokkey karyerasini „Toronto Marlboros Minor Midget AAA“ xokkey jamoasida boshlagan. Darren Raddysh klub bilan 2009-yilda Michigandagi Silver Stick turnirida gʻolib chiqqan[3]. Shundan soʻng, Darren Raddysh umumiy hisobda 84-oʻrindagi tanlov asosida Ontario xokkey ligasi (OHL) vakili „Erie Otters“ xokkey klubiga qoʻshilgan[4].
Darren Raddysh oʻzining professional faoliyatini „Rockford IceHogs“ xokkey klubi bilan 2017—2018-yilgi mavsumi oldidan boshladi[5]. Darren Raddysh oʻzining professional faoliyatidagi ilk golini 15-oktyabr kuni „Milwaukee Admirals“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:3 hisobida magʻlubiyat) qayd etdi[6]. 2018-yilning 21-may kuni Darren Raddysh „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[7]. 2019-yilning 18-fevralida Darren Raddysh Peter Holland evaziga „New York Rangers“ xokkey klubiga almashtirildi[8]. Savdodan soʻng, Darren Raddysh „New York Rangers“ klubining AHL filiali „Hartford Wolfpack“ klubiga yuborildi[9].
Darren Raddysh 2019—2020-yilgi mavsum oldidan „New York Rangers“ klubining oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashgan, biroq klubning AHLdagi filialiga tayinlanmagan[10].
2021-yil 28-iyulda Raddysh „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[11].
Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2012—2013 | Toronto Marlboros | GTHL | 19 | 2 | 1 | 3 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Georgetown Raiders | OJHL | 7 | 0 | 2 | 2 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Erie Otters | OHL | 24 | 0 | 2 | 2 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Erie Otters | OHL | 60 | 3 | 10 | 13 | 27 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2014—2015 | Erie Otters | OHL | 60 | 14 | 34 | 48 | 38 | 20 | 2 | 7 | 9 | 18 | ||
2015—2016 | Erie Otters | OHL | 66 | 8 | 32 | 40 | 80 | 13 | 4 | 5 | 9 | 8 | ||
2016—2017 | Erie Otters | OHL | 62 | 16 | 65 | 81 | 63 | 22 | 8 | 14 | 22 | 14 | ||
2017—2018 | Rockford IceHogs | AHL | 66 | 5 | 17 | 22 | 26 | 9 | 0 | 2 | 2 | 4 | ||
2018—2019 | Rockford IceHogs | AHL | 54 | 8 | 18 | 26 | 20 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Hartford Wolf Pack | AHL | 22 | 1 | 3 | 4 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | Hartford Wolf Pack | AHL | 62 | 6 | 22 | 28 | 33 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | Hartford Wolf Pack | AHL | 24 | 2 | 13 | 15 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | Syracuse Crunch | AHL | 61 | 7 | 18 | 25 | 40 | 5 | 0 | 2 | 2 | 2 | ||
2021—2022 | Tampa Bay Lightning | NHL | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | |||||||
NHL jami | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 |