Darya Panenkova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | |
Tavalludi |
8-dekabr 2002-yil Moskva |
Boʻyi | 1.53 m (5 ft 0 in) |
Murabbiyi | Anna Tsareva |
Uchishni boshlagan | 2006 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 66.65 |
Erkin dastur | 130.91 |
Daria Sergeevna Panenkova (ruscha: Дарья Сергеевна Паненкова; 2002-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — isteʼfodagi rossiyalik figurali uchuvchisi. 2017-yili oʻtkazilgan Gran-pri Latviya turnirining chempioni.
Panenkova 2002-yil 8-dekabrda Moskvada tugʻilgan.
Panenkova 2006-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. Uning birinchi murabbiyi Natalya Gavrilova edi.
Panenkova 2017-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida qisqa dasturda yettinchi va erkin dasturda beshinchi oʻrinni egallaganidan keyin umumiy hisob bilan beshinchi oʻrinni egallagan. Xalqaro debyutini amalga oshirgan Panenkova 2017-yil fevral oyi boshida Sofia Trophy musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan[1].
Panenkovaning Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri debyuti 2017-yil sentyabr oyi boshida Latviyaning Riga shahrida bo‘lib o‘tgan; qisqa dasturda birinchi, erkin dasturda esa ikkinchi oʻrinni egallab, Rika Kihirani ortda qoldirgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ikkinchi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgach, Panenkova Yaponiyaning Nagoya shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan va u yerda beshinchi oʻrinni egallagan.
Panenkova 2018-yil yanvar oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi 2018-yilgi Rossiya chempionatida qatnashgan, u yerda qisqa dasturda yettinchi va erkin dasturda beshinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, umumiy hisob bilan beshinchi oʻrindan joy olgan.
2018-yilning yozida Panenkova nomaʼlum sabablarga koʻra murabbiy Yeteri Tutberidze va uning jamoasi bilan xayrlashganini eʼlon qilgan. U murabbiy Anna Tsareva jamoasiga qoʻshilgan.
Panenkova 2019-yilgi Rossiya chempionatida oʻn sakkizinchi oʻrinni egallagan.
Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2018 — 2019 [2] |
|
|
2017 — 2018 |
|
|
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xalqaro | ||||
---|---|---|---|---|
Tadbir | 16 — 17 | 17 — 18 | 18 — 19 | 19-20 |
GP Finlandiya | 6 | |||
GP Kanada | 9 | |||
CS Alpen Cup | WD | |||
CS Tallin Cup | 5 | |||
Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||
JGP Final | 5 | |||
JGP Latviya | 1ㅤ | |||
JGP Polsha | 2 | |||
Sofia Trophy | 1ㅤ | |||
Milliy | ||||
Rossiya chempionati | 8 | 18 | ||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi
Rossiya chempionati |
5 | 5 |