Dastak

Dastak — 1) poyabzal (kavush, tufli) ning yon kismi; 2) etik va botinkaning qoʻnj bilan tagcharm orasidagi orqa (tovon) qismi. Uch qavat (yuz, oxirchoʻp va astar) boʻlib, bir-biriga sirach bilan yopishtiriladi; 3) egar oldinqoshining tirsagi (oʻrtaroq qismi).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil