DefRage | |
---|---|
![]() 2012-yilda Bolgariyaning Plovdiv shahrida; chapdan Andre Kaldas, Aleks Ohaka, Kari „Infinity“ Kärner, Argo Ollep, Andres Arens, menejer Alo Puusepp, Joonas Uus | |
Umumiy maʼlumot | |
Janrlar | Xard-rok, alternative metal |
Faoliyat yillari | 2007–2014 |
Veb-sayt | Site on Facebook |
Defrage — 2007-yilda tashkil etilgan Estoniya metal va rok guruhi. Guruh Estoniyada koʻplab konsert dasturlarini namoyish etgan va 2009-yilda „Save Us From Religion“ filmi uchun MTV Eesti mukofotining eng yaxshi musiqiy videosi uchun yoʻnalishida gʻolib boʻlgan[1]. Ular gastrol safarlari uchun pul yigʻish maqsadida avtoturargohlar va jamoat joylarida albomlarini sotishlari bilan ham mashhur boʻlishgan[2].
2007-yilning boshida Kari (ritm gitarachisi) oʻzining metal.ee veb-saytidagi „Amerika uslubidagi rok guruhi uchun guruh aʼzolarini qidirmoqda“ nomli eʼloni sahifasida Mikkdan (yakkaxon gitarachi) javob olganida, Defrage guruhi oʻzining ilk mashgʻulotlarini boshlagan edi. Koʻp oʻtmay, Daniel (dastlabki yillarda bass-gitara) va Sten (baraban) guruhga qoʻshiladi. Mashgʻulotlar asosan Mikkning otasiga tegishli boʻlgan eski garajda boʻlib oʻtardi. Dastlab, Kari qoʻshiqchisiz guruh bilan birga mashgʻulotlar olib borgan va bu orada guruh uchun yaxshi vokal-qoʻshiqchi qidiruv eʼlonini ham toʻxtatmagan.
Guruh „Hotel Breakers“ qoʻshigʻi uchun video-klip suratga oladi va 2012-yil yanvar oyida Jackal albomini keng omma eʼtiboriga havola qiladi.
Yevropada bir yillik gastrol safaridan soʻng, Defrage 2013-yil may oyida ikkinchi „The Sick Letter“ albomini chiqaradi. Defrage har yili iyun oyida Avstriyada boʻlib oʻtadigan Nova Rock deb nomlangan Yevropaning kichik rok festivallaridan birida oʻz chiqishlarini amalga oshirar edi[3].
Defrage guruhining sobiq aʼzolari Kari Kärner, Andre Kaldas va Kevin Presmanndan tashkil topgan Illumenium nomli yangi guruh yaratilishidan oldin, 2014-yilda Defrage oʻz faoliyatiga yakun yasagan. Yangi guruh oldingi Defrage qoʻshiqlari, jumladan „The Sick Letter“ qoʻshigʻi bilan avvalgi guruh faoliyatini davom ettirgan[4].