Denis Xodikin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Asl ismi | Денис Сергеевич Ходыкин |
Davlat | Rossiya |
Tavalludi |
6-iyul 1999-yil Moskva, Rossiya |
Sherigi | Darya Pavlyuchenko |
Uchishni boshlagan | 2004 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 76.59 |
Erkin dastur | 138.68 |
Denis Sergeyevich Xodikin (ruscha: Денис Сергеевич Ходыкин; 1999-yil 6-iyulda tugʻilgan) - rossiyalik figurali uchuvchi. Sherig Darya Pavlyuchenko bilan birga 2020-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2019 Internationaux de France va 2019 Skate America turnirining kumush medali sovrindori, 2018-yil oʻtkazilgan Gran-pri (Xelsinki) va 2018 Rostelecom Cup musobaqalarining bronza medali sohibi boʻlgan. Faoliyatining boshida juftlik 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin va 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Xodikin 1999-yil 6-iyulda Moskvada tugʻilgan. U universitetda sport menejmenti bo‘yicha tahsil olgan va 2021-yilda universitetni tamomlagan.
Xodikin 2020-yil avgust oyida Betina Popovaga uylangan.
Pavliuchenko / Xodikin juftligi oʻzining xalqaro debyutini 2017-yil sentyabr oyining oxirida Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida oʻtkazgan[1]. Ular jamoadoshlari Anastasiya Poluyanova / Dmitriy Sopotni taxminan toʻrt ochkoga ortda qoldirib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Polshaning Gdansk shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritib, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Dekabr oyida Yaponiyaning Nagoya shahrida boʻlib oʻtgan finalda juftlik qisqa dasturda uchinchi oʻrinni egallagan, erkin dasturda esa baʼzi xatolarga yoʻl qoʻygani uchun ikkinchi oʻrinni egallagan[2]. Juftlik avstraliyalik Yekaterina Aleksandrovskaya / Harley Windzor va rossiyalik Apollinariya Panfilova / Dmitriy Rilovdan keyin uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritgan[3].
Oʻsha oyning oxirida Pavlyuchenko / Xodikin juftligi 2018-yilgi Rossiya chempionatida kattalar darajasida bellashishdi. Ikkala dasturda oltinchi oʻrindan joy olib, Aleksandra Boykova / Dmitriy Kozlovskiy juftligidan keyin umumiy natija bilan ham oltinchi oʻrinni egalladilar[4].
Juftlik mart oyida Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdilar[5].
Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2022 — 2023 |
|
|
2021 — 2022 |
|
|
2020 — 2021 |
|
|
2019 — 2020 |
|
|
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xalqaro | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 16 — 17 | 17 — 18 | 18 — 19 | 19 — 20 | 20 — 21 | 21 — 22 |
Jahon chempionati | C | |||||
Yevropa chempionati | 5 | 3 | ||||
GP Finlandiya | 3 | |||||
GP Fransiya | 2 | |||||
GP Rostelcom Cup | 3 | WD | 2 | |||
GP Skate America | 2 | |||||
GP Skate Canada | 2 | |||||
Muz yulduzi (Ice Star) | 3 | |||||
Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi
Jahon chemp. |
1ㅤ | |||||
JGP finali | 3 | |||||
JGP Belarusiya | 1ㅤ | |||||
JGP Polsha | 2 | |||||
Milliy | ||||||
Rossiya chempionati | 6 | 4 | 3 | 3 | 4 | |
Oʻsmirlar oʻrtasidagi
Rossiya chempionati |
5 | 1ㅤ | ||||
WD = musobaqani tark etgan |