Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Desmond Donaldson Bulpin | ||
Tavallud sanasi | 31-mart 1951-yil | ||
Tavallud joyi | Glazgo, Shotlandiya | ||
Boshqargan klublari | |||
Yillar | Jamoalar | ||
2003 | Tampines Rovers | ||
2004—2005 | Oʻzbekiston U-17 | ||
2009—2010 | Filippin | ||
2010—2011 | Indian Arrows | ||
2010—2011 | Hindiston U23 | ||
2012—2013 | Shillong Lajong | ||
2013—2014 | Crystal Palace (U18; murabbiy yordamchisi) | ||
2014—2015 | Millwall (bosh murabbiy yordamchisi) |
Desmond Donaldson Bulpin (talaffuzi: Des Bulpin 1951-yil 31-mart) – shotlandiyalik futbol murabbiyi, Des 2009—2010-yillarda Filippin terma jamoasini boshqargan.
Bulpin 1980-yilda Roy Hodgson bilan birgalikda oʻzining dastlabki murabbiylik faoliyatini boshlagan. Shundan soʻng, taniqli Bob Houghton oʻzi birgalikda Bristol jamoasining futbol maktabi oʻquvchilariga taʼlim berishga taklif qilgan[1]. Keyinchalik Des murabbiy Bobby Gould tomonidan Bristol Rovers klubining yoshlar jamoasiga murabbiy sigfatida taklif etgan. Bristol Rovers klubidagi faoliyati davomida birinchi jamoa murabbiyi va oʻrinbosarlar jamoasi murabbiyi sifatida ishlagan. Bulpin Bristol Rovers jamoasi boshqa murabbiylar Gerry Francis, Ian Holloway[2], Andy Kilner[3], va David Burnsidelar bilan ishlagan.
Des Bulpin yoshlar jamoalaridagi faoliyati davomida Peter Crouch[4], Danny Dichio, Dougie Freedman, Kevin Gallen, Ledley King, Marcus Stewart, Steve Yates va boshqa koʻplab yosh, iqtidorli oʻyinchilarni aniqlash va rivojlantirish boʻyicha yaxshi tajriba va muvaffaqiyatlar ega.
„Des Bulpin meni futbolchi sifatidagi iqtidorimni kashf etgan va otam bilan birgalikda mening faoliyatimga eng katta taʼsir koʻrsatgan insondir“. „15 yoshimda u menga Jermain Defoe bilan Angliya terma jamoasida katta boʻlganimizda birga oʻynashimizni aytganini eslayman va Bulpin unchalik ham adashmagan edi. Biz hali ham yaxshi aloqadamiz va men Desga doim vaqt topaman“.
– deydi Piter Krauch[5]
Bulpin faoliyati davomida Tampines Rovers, Tottenham Hotspur, Queens Park Rangers, Bristol Siti, Bristol Rovers, Stockport County, Plymouth Argyle[6] va Leicester City kabi futbol klublarining yoshlar jamoalari ishlagan. Des shuningdek, Singapur va Oʻzbekiston kabi mamlakatlarda xalqaro lavozimlarda ishlagan. Bulpin 2003-yilgi S.Liga mavsumida Tampines Rovers klubida ishlagan. 2004—2006-yillarda Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan. 2009-yil noyabr oyida u Filippin terma jamoasi murabbiyi etib tayinlangan va bir yillik shartnoma imzolagan[7]. Bulpin murabbiylikka tayinlanganidan soʻng shunday dedi: „Bu katta qiyinchilik, lekin biz bu bilan davom etishimiz kerak“[8]. Shuningdek, u jamoani „boshqa jamoalarga bosim oʻtkazadigan, yuqori tempda oʻynaydigan va toʻpni tez harakatga keltiradigan uyushgan jamoa“ga aylantirishga vaʼda bergan. 2010-yil iyul oyida Bulpin Filippindagi lavozimini tark etib, Hindistonning I-ligasining 2010/2011-yilgi mavsumida ishtirok etgan Hindistonning U-21 jamoasiga murabbiylik qilgan[9].
2010-yilning kuzidan boshlab Bulpin I-ligada jamoani maydonga tushirgan Hindistonning 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi Indian Arrows bosh murabbiyi edi[10]. Jamoaning oʻrtacha yoshi 19 yosh boʻlgan[11]. Bu jamoaning olti nafar futbolchisi keyinchalik Hindiston milliy erkaklar terma jamoasiga Bob Xoughton tomonidan jalb etilgan[12]. 2011-yilning 23-aprelida Bob Houghton Hindiston terma jamoasi murabbiyligidan darhol isteʼfoga chiqdi, HFF buni qabul qilgan, lekin Bulpin oʻz lavozimida qolishini tasdiqlagan[13]. Bulpin „Indian Arrows“ni va 23 yoshgacha boʻlganlar jamoasidagi lavozimini 2011-yilning avgustida tark etgan[14][15]. Bulpin 2012-yilning iyun oyida Shillong Lajong jamoasiga bosh murabbiy sifatida qoʻshilgan va ikki yillik shartnoma imzolagan. Des 2013-yilning yanvarida Shillong jamoasi boshqaruvida liga oʻyinlarining oʻn yettitasidan uchtasida gʻalaba qozonganidan soʻng klubni tark etgan[16][17].
Bulpin 2013-yilning yozida Crystal Palace klubining 18 yoshgacha boʻlgan jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi[18].