Dilorom Saidaminova | |
---|---|
Tavalludi |
27-fevral 1943-yil |
Kasbi | Kompozitor |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Dilorom Saidaminova (1943-yil 27-fevral, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik kompozitor[1].
Dilorom Saidaminova 1943-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab Toshkentdagi “Uspenskiy” nomidagi akademik litseyda, soʻng O‘zbekiston konservatoriyasida musiqa yo‘nalishida tahsil olgan. Keyinchalik “Chaykovskiy” nomidagi Moskva konservatoriyasida aspiranturada oʻqigan. U yerda Edison Denisov, Yuriy Fortunatov, Abraham Litvinov va Boris Zaydman qoʻlida tahsil olgan. Uning Tigran Shiganyan ismli skripkachi oʻgʻli bor[1].
Dilorom Saidaminova 1967–1985-yillar va 1988–1995-yillarda O‘zbekiston konservatoriyasida fortepianodan dars bergan. 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Davlat telekompaniyasida musiqiy muharrir boʻlib ishlagan. Dilorom Saidaminova Amerika bastakorlar, mualliflar va noshirlar jamiyati (ASCAP), Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi va Rossiya bastakorlar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi[2].
Saidaminova 70 dan ortiq bolalar uchun qoʻshiqlar yaratgan[2].
Yil | Nomi | Izoh |
---|---|---|
Kamer orkestri uchun | ||
Ascending to Light | skripka joʻrnavozligida[3] | |
Dance of the Rain | kamer orkestri uchun[4] | |
Mirage | Xalq cholgʻulari uchun[4] | |
Shadow of the Woman | violonchel va kamer orkestri uchun[4] | |
Smell of the NIght | kamer orkestri uchun[4] | |
Sonata No. 2 | skripka va fortepiano uchun[4] | |
Where There is No Time | klarnet, skripka va fortepiano joʻrnavozligida[5] | |
Orkestr uchun | ||
Amir Temur | orkestr va perkusiya (solo)[4] | |
Fortepiano uchun 2-kontsert | [4] | |
Saksafon uchun konsert | [6] | |
Fanfare | [4] | |
Holiday Overture | [1] | |
In Memory of My Friends | [4] | |
Path to Enlightenment | orkestr va xor uchun[4] | |
Simfonik poema | [7] | |
Fortepiano uchun | ||
Dialog with Khayam | [4] | |
Fortepiano uchun ikki pyesa | [4] | |
Walls of Ancient Bukhara | [4] | |
Vokal uchun | ||
Azon | xor, organ, fortepiano va skripka joʻrligida[6] | |
Saraton | xor (soprano), skripka va anʼanaviy cholgʻular uchun[4] | |
Oʻzbekiston | [1] |