Yoʻldosheva Dilorom Shodiyevna | |
---|---|
Tavalludi |
25-iyun 1984-yil |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Kasbi | tikuvchi |
Bolalari | 3 |
Mukofotlari | [1] |
Dilorom Yoʻldosheva – oʻzbek ishbilarmon ayoli. BBC tomonidan tuzilgan „Dunyoning katta taʼsirga ega va ilhomlantiruvchi 100 nafar ayollari“ roʻyxatiga kiritilgan[2][3][4][5]. Uning hayoti haqida Adliya vazirligi tomonidan „Matonat“ filmi suratga olingan[6][7].
Dilorom Yoʻldosheva 1984-yilning 25-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida tugʻilgan. 2022-yilda gʻalla oʻrimi vaqtida kombayn bilan bogʻliq baxtsiz hodisa tufayli oʻzining ikki oyogʻidan ayrilgan. Bu voqeadan keyin, tikuvchilik faoliyati bilan shugʻullanib, oʻzining uyida 40 nafar xotin-qizlarga bepul tikuvchilikni oʻrgatgan[8]. Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirganidan soʻng, koʻplab maktablar bilan maktab formasini tikish yuzasidan shartnomalar tuzgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2024-yil oktyabr oyida uning hayoti haqida hikoya qiluvchi Dilmurod Masaidov rejissorligida „Matonat“ nomli filmni suratga olgan. Film davomiyligi 46 daqiqani tashkil etib, voqealar ayolning baxtsiz hodisadan boshlab hozirgi hayotigacha hikoya qilinadi.
2024-yil dekabr oyida BBC xalqaro korporatsiyasining 41 ta xizmatlari tomonidan berilgan nomzodlari asosida „Dunyoning katta taʼsirga ega va ilhomlantiruvchi 100 nafar ayollari“ roʻyxatiga kiritilgan.
2024-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „D.Yoʻldashevani „Mardlik“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq, Mardlik ordeni bilan mukofotlangan[9].