Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 21-aprel 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.86 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Buxoro | ||
Raqami | 5 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2015 | Bunyodkor | 51 | (2) |
2012 | → Dinamo Samarqand | 8 | (0) |
2016 | Olmaliq | 5 | (0) |
2016 | Andijon | 13 | (2) |
2017—2018 | Olmaliq | 34 | (3) |
2018 | Bunyodkor | 17 | (1) |
2019—2022 | Olmaliq | 57 | (5) |
2022 | Bunyodkor | 11 | (1) |
2022 | Qizilqum Zarafshon | 9 | (2) |
2023 | Buxoro | 11 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2012— | Oʻzbekiston | 2 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (19:14, 5-avgust 2023 (utc) uchun) |
Dilshod Suratovich Joʻrayev (tugʻ. 21-aprel 1992-yil, Toshkent, Oʻzbekiston[1]) – oʻzbek futbolchisi, Bunyodkor klubi himoyachisi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan[2].
Dilshod Joʻrayev professional faoliyatini 2011-yilda Toshkentning Bunyodkor klubi aʼzosi sifatida boshlagan[3]. Oʻsha mavsumda Joʻraev „Bunyodkor“ bilan ikkita oʻyinda maydonga tushdi. 2012-yilning bahor oyida „Bunyodkor“ Joʻrayevni Samarqandning Dinamo siga ijaraga bergandi. Dinamo tarkibida Dilshod Joʻrayev Oʻzbekiston chempionati Oʻzbekiston Kubogi doirasida sakkizta oʻyinda maydonga tushdi, biroq birorta ham gol ura olmadi[3].
2012-yilning avgust oyida „Bunyodkor“ Dilshod Joʻrayevni oʻziga qaytib oldi. 2012-yilning kuzidan boshlab Joʻrayev „Bunyodkor“ning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi. Oʻsha yili uni Oʻzbekiston terma jamoasiga taklif qilishdi[4].
2012-yildan buyon „Bunyodkor“ tarkibida 21ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa, terma jamoa safida esa ikki uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. 2023-yil yangi mavsum oldidan „Buxoro“ klubi bilan 1 yillik shartnoma imzolagan[5].
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()