Disgerminoma | |
---|---|
![]() | |
Disgerminoma mikropreparati | |
Mutaxassislik | Onkologiya, Ginekologiya |
Disgerminoma – jinsiy hujayralarda uchrovchi oʻsimtalarning bir turi boʻlib, odatda tuxumdonlarni zararlaydi[1]. Xuddi shu gistologiyaga ega boʻlgan oʻsimtalar tananing boshqa qismlarida ham uchrashi mumkin. Masalan: moyaklarda seminoma, markaziy nerv sistemasida germinoma[1]. Disgerminoma tuxumdonda uchrovchi oʻsmalarning 1% dan kam qismini tashkil qiladi. Disgerminoma odatda oʻsmirlarda va yoshi katta ayollarda uchraydi. Taxminan 5% balogʻatga yetmagan bolalarda ham kuzatilishi mumkin. Disgerminoma 50 yoshdan oshgan ayollarda juda kam uchraydi. Disgerminoma bilan kasallanganlarning 10 foizida ikkala tuxumdon zararlanadi, yana 10 foizida esa bitta tuxumdon zararlanib, unda mikroskopik shish paydo boʻladi.
Anormal jinsiy bezlar va androgenga befarqlik sindromi tufayli disgerminoma rivojlanish xavfi yuqori boʻladi[2]. Aksariyat disgerminomalar qon zardobidagi laktat degidrogenaza (LDG) miqdorini oshishi bilan bogʻliq boʻlib, baʼzida oʻsma rivojlanishining ilk belgisi sifatida taxmin qilinadi.
Disgerminoma giperkalsemiya bilan bogʻliq. Makroskopik tekshirilganda disgerminomalar tashqi yuzasi silliq, boʻgʻimlarga ajralgan boʻladi va kesilganda yumshoq, goʻshtli va kulrang, pushti yoki sargʻish rangga ega. Mikroskopik tekshiruvda odatda gʻovak hujayralarga oʻxshash bir xil hujayralarni koʻrsatadi. Stroma limfotsitlarni oʻz ichiga oladi va bemorlarning taxminan 20 foizida sarkoidozga oʻxshash granulomalar uchraydi. Metastazlar eng koʻp limfa tugunlarida uchraydi.
LDG oʻsma belgilarini 95% hollarda oshiradi.
Disgerminomalar boshqa semimomatoz jinsiy hujayrali oʻsmalar kabi, kimyoterapiyaga va radioterapiyaga juda sezgir boʻlganligi uchun davolanish samarali kechadi[3]. Kimyoterapiyaga javob bermaydigan disgerminomalar uchun maqsadli davolash usullari oʻrganilmoqda[3].