Dmitriy Shokin

Dmitriy Shokin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 30-may 1992-yil (1992-05-30) (32 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston[1]
Boʻyi 193 cm (6 ft 4 in)[2]
Sport
Qaysi sport Taekvondo

Dmitriy Aleksandrovich Shokin (ruscha: Шокин, Дмитрий Александрович; 1992-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) – Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2015-yilgi Universiada gʻolibi, 2015-yilgi jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni.

Shokin yetti yoshida taekvondo bilan shugʻullangan[1]. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining turizm fakultetini tamomlagan.

Dmitriy Shokin 2014-yili Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oltin[3], Janubiy Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Osiyo oʻyinlarida kumush medal sovrindori boʻlgan[4]. 2014-yili BAA, Avstraliya, Fransiya kabi qator davlatlarda oʻtkazilgan nufuzli xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindori.

Tajribali sportchi 2015-yilda ham zafarli odimlashda davom etdi[5]. Jumladan, Turkiya, Qatar, Avstraliya, Rossiya va Koreya davlatlarida boʻlib oʻtgan Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnirlarda sovrinli oʻrinlarga sazovor boʻldi[6].

Dmitriy 2015-yil Rossiyaning Chelyabinsk shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida barcha raqiblari ustidan gʻalaba qozonib, jahon chempionidek sharafli nomga sazovor boʻldi. Dmitriy Shokin Oʻzbekistonlik taekvondo ustalari orasida birinchi boʻlib jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Dmitriy Shokin 2015-yilning avgust oyi natijalariga koʻra eng yuqori vazndagi sportchilar orasida jahon reytingida peshqadamlardan biri hisoblanadi[7][8].

2016-yilgi Olimpiadada Shokin birinchi raqam ostida saralangan, ammo yarim final bahsida nigeriyalik Abdulrazzak Issoufga 2:8  hisobida yutqazgan, keyin esa bronza medali uchun bahsda 2008-yilgi Olimpiada chempioni Cha Dong Minga yutqazgan.