Doktor Deymanning anatomiya darsi – bu Rembrandtning 1656-yilda yaratilgan, hozir Amsterdam muzeyida saqlanayotgan rasmidir. Ushbu kartinada doktor Jan Deijmanning (1619 – 1666) miyani yorish jarayonidagi portreti va uni kuzatayotgan bir guruh insonlar tasvirlanadi. Tuvalning katta qismi 1723-yildagi yongʻinda vayron boʻlgan va keyinchalik rasm hozirgi oʻlchamlariga qaytarilgan, ammo rasm eskizida toʻliq guruh koʻrsatilgan edi.
Suratda doktor Deyman qatl etilgan jinoyatchi, osilib qatl qilingan flamandlik tikuvchi Joris „Black Jack“ Fonteijn (1633/34 – 1656) murdasining miyasini kesayotgani tasvirlangan[1]. Doktor Deymanning chap tomonida uning yordamchisi jarroh Gijsbert Kalkoen (1621 – 1664) murdaning bosh suyagining yuqori qismini ushlab turgan holda tasvirlanadi.
Rembrandt jasadni tasvirlashda tomoshabinga dissektsiya stoli oldida turish tuygʻusini berish uchun boʻrttirilgan qisqartma bilan tasvirlagan. Bunda u oʻziga bosma nashrlar orqali tanish boʻlgan Andrea Mantenyaning "Masihning nolasi" asaridagi qisqartmaga oʻxshashlikdan foydalangan.
"Black Jan" (Zwvarte Jan) laqabli Joris Fonteijn (1633 / 1634-1656) asli Flandriyaning Diest shahridan edi. Tikuvchilik bilan shugʻullangan, u Gollandiyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasida uch yarim yil xizmat qilgan. 1653- yil oktabrda Diestga qaytganidan soʻng, u onasidan qolgan merosni sovurdi va huquqbuzarga aylandi. 1655-yil oxirida u Amsterdamdagi Nieuvendijkda oʻgʻirlik paytida qoʻlga olinadi. U 1656-yil 27-yanvarda osishga hukm qilingan va ikki kundan keyin qatl etilgan. U oʻgʻirlik paytida ishlatgan oʻqotar qurol „boshqalarni tarbiyalash uchun“ boshi tepasida koʻrsatilgan. Keyinchalik, uning jasadi jarrohlarga uch kun davomida mashgʻulotlar uchun taqdim etildi va u 2-fevral kuni Zuiderkerkhofda dafn qilindi[2].
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |