Donovan Carrillo | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Donovan Carrillo |
Davlat | Meksika |
Boʻyi | 168 |
Murabbiyi | Gregorio Nunez |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 218,13 |
Qisqa dastur | 79,69 |
Erkin dastur | 138,44 |
Donovan Carrillo Suazo (Talaffuzi: Donovan Karrillo Suazo;[1] 1999-yil 17-noyabr, Saponan) yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi meksikalik figurali uchuvchi. Uch karra Meksika chempioni (2018—2020), 2017—2018-yilgi mavsumda ISU ning uchta chempionatning yakuniy bosqichiga chiqdi: toʻrtta qitʼa, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatlari. Donovan Pekinda boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Carrillo 1999-yil 17-noyabrda Halisko shtatining Sapopan shahrida tugʻilgan[2]. Figurali uchishni boshlashdan oldin, gimnastika va suzish bilan shugʻullangan[3]. Donovanning Dafna ismli singlisi bor[4].
Yokogamada bolib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida Donovan 13-oʻrinni egalladi[5]. Oktyabr oyida u Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan raundda toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.
2017-yil mart oyida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Donovan qisqa dasturdagi namoyishida 27-oʻrinni, erkin dasturda esa atigi 24-oʻrinni egallab finalga chiqmasdan musobaqani yakunladi.
Donovan Carillo 2017—2019-yilgi mavsumda birinchi marta kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda debyut qildi. 2017-yil sentyabr oyida Donovan Filadelfiya yozgi xalqaro musobaqasida qatnashib, toʻqqizinchi oʻrinni egalladi[6]. U bir oydan keyin oʻsmirlar darajasidagi musobaqalarga qaytdi va Brisbendaoʻtkazilgan bosqichda yettinchi oʻrinni egallagan holda oʻzining eng yaxshi natijalarini yaxshiladi. Shundan soʻng Olimpiya oʻyinlari saralash turnirida ishtirok etdi. Nebelhorn Trophy 2017 turnirida atigi 14-oʻrinni egalladi va oʻz mamlakati uchun Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi[7].
Yanvar oyida Donovan Taypeyda boʻlib oʻtgan Toʻrt qitʼa chempionatida erkin dasturda konkida uchish huquqini qoʻlga kiritdi va qisqa dasturdagi namoyishi uchun 22-oʻrinni, erkin dasturdagi namoyishi uchun esa 17-oʻrinni egalladi va umumiy hisobga koʻra 18-oʻrinni oldi. U oradan bir yarim oy oʻtib, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 21-oʻrinni egallab, muvaffaqiyatini takrorlashga muvaffaq boʻldi.
Uning eng yaxshi muvaffaqiyati Milanda boʻlib oʻtgan „kattalar“ oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib, u yerda erkin dastur namoyishidan soʻng 24-oʻringa chiqdi va u yerda oʻzining shaxsiy rekordini 7 ochkodan koʻproqqa yangiladi.
Figurali uchuvchi Leonda murabbiy Gregorio Nunes[8][9] bilan mashq qiladi.
Turnir | 13/14 | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 | 20/21 | 21/22 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro[10] | |||||||||
Olimpiya oʻyinlari | 22 | ||||||||
Jahon chempionati | 22 | 33 | 20 | ||||||
Toʻrt qitʼa chempionati | 18 | 17 | 15 | WD | |||||
CS Finlandia Trophy | 15 | ||||||||
CS Nebelhorn kubogi | 14 | ||||||||
Autumn Classic | WD | 10 | WD | ||||||
Zagrebning Oltin konkisi | 17 | WD | |||||||
AQSh klassikasi | 5 | ||||||||
Challenj kubogi | 10 | 9 | |||||||
Filadelfiya | 9 | 2 | |||||||
Xalqaro oʻsmirlar | |||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 27 | 21 | |||||||
JGP Avstraliya | 7 | ||||||||
JGP Chexiya | 21 | ||||||||
JGP Germaniya | 22 | 9 | |||||||
JGP Yaponiya | 13 | ||||||||
JGP Meksika | 15 | ||||||||
Santa Claus kubogi | 8 J | ||||||||
Milliy | |||||||||
Meksika chempionati | 1J | 1 | 1 | 1 | |||||
WD = tanlovni tark etgan; J = oʻsmirlar oʻrtasida; CS = Challenger seriyasi;JGP = Junior Gran Prix.- Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri |