Dorul Ehson masjidi

Masjid
Dorul Ehson masjidi
malaycha: Masjid Darul Ehsan
Dorul Ehson masjidi
Mamlakat  Malayziya
Koordinatalar 3°04′49″N 101°35′14″E / 3.0803°N 101.5872°E / 3.0803; 101.5872
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Binokorlik 19831985
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4

Dorul Ehson masjidi (malaycha: Masjid Darul Ehsan) – Malayziyadagi 13 ta davlatdan biri hisoblanuvchi Selangor davlati Subang Jaya[1] shahrida joylashgan birinchi masjid. Bino Subang Parade savdo majmuasiga tutashib ketgan SS 15 hududida joylashgan. Masjid 1983-yildan 1985-yilgacha oʻsha paytda yangi qurilgan Subang Jaya shaharchasi aholisiga xizmat koʻrsatish uchun bunyod etilgan. Dorul Ehson masjidi 1985-yilning 13-sentyabrida selangorlik Almarhum Sulton Salohiddin Abdulazizshoh tomonidan oʻz hukmronligining 25-kumush yubileyi munosabati bilan rasman ochib berilgan.

Masjidning ichki qismidagi namozxona
  1. [https://www.flickr.com/photos/adaduitokla/47941529978 „Ahmad Fuad Bin MoradFollow Masjid Darul Ehsan SS15 Subang Jaya“].