Turi | Dorul ulum |
---|---|
Asos solingan sanasi | 16-oktyabr 1979-yil |
Fakultetlar | 61 (umumiy) |
Talabalari | 373 |
Manzili |
Holcombe, Bury, , Angliya |
Dorul Ulum al-Arabiya al-Islomiyya (arabcha: دار العلوم العربية الإسلامية), Darul Ulum Bury nomi bilan mashhur[1]. 1979-yilda tashkil etilgan va Buyuk Britaniyadagi eng qadimgi islom seminariyasi hisoblanadi. Muassasa Holcombe, Bury shahrida joylashgan boʻlib, u butun dunyo boʻylab tarqalgan Dars-e-Nizomiy oʻquv dasturiga asoslangan. Unga marhum hazrati Mavlono Yusuf Motala asos solgan[2].
Dorul Ulum 11 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarni qabul qilib, kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun oʻrta maktab taʼlimini hamda islomiy taʼlimni ilgʻor darajaga yetkazib beruvchi taʼlim dasturiga ega[3].
Maktab 1979-yilda Shayx Yusuf Motala va britaniyalik hind olimi Shayx Hoshim Patel (Jogvariy) tomonidan tashkil etilgan. Dastlab Saudiya Arabistoni hukumati Dorul Ulumga moliyaviy jihatdan yordam bergan, chunki u davlatdan pul olmagan, ota-onalar esa 440 funt sterling miqdorida toʻlov toʻlagan. Bu Yevropadagi birinchi faqat musulmonlar maktabi boʻlib, atigi 80 nafar oʻquvchi bilan ish boshlangan. Hozir mazkur muassasada 300 dan ortiq oʻgʻilbolalar tarbiyalanmoqda.
2015-yilda Ofsted Dorul Ulum al-Arabiya al-Islomiyani „Britaniya qadriyatlarini targʻib qiluvchi, radikallashuvning oldini oladigan va bolalarni himoya qiladigan“ maktabning eng yaxshi namunasi sifatida eʼtirof etgan[4].
Oldingi oʻqituvchilar: