Dubay ziravorlar bozori (arabcha: سوق التوابل) yoki Old Souk – Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Dubay shahridagi anʼanaviy bozor[1]. Ziravorlar bozori sharqiy Dubaydagi Deyra shahrida joylashgan boʻlib, Dubay oltin bozoriga ulanib ketgan. Ushbu bozor al-Raʼs hududi, Baniyas koʻchasi, Dubay Crrekdagi Old Souk abra stansiyasi yaqinida joylashgan[2]. Savdo markazi bir nechta tor yoʻlaklarni oʻz ichiga oladi, ular orasida ochiq va yopiq doʻkonlar mavjud boʻlib, hudud turistik diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi.
Ziravorlar bozoridagi doʻkonlarda isiriqdan tortib arab va Janubiy Osiyo taomlarida ishlatiladigan turli xildagi oʻtlar, xushboʻy iforlar va ziravorlar sotiladi. Bundan tashqari, bozorda bir nechta uy xoʻjaligi, toʻqimachilik, choy, tutatqi, gilamlar savdosi ham yoʻlga qoʻyilgan[3].