Ekrem Jevrić

Ekrem Jevrić
Tavalludi 25-oktyabr 1961-yil
Vafoti 4-mart 2016-yil(2016-03-04)
(54 yoshda)
Nyu-York, AQSH.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi qo‘shiqchi
Faoliyat yillari 2010–2016
Turmush oʻrtogʻi Igbala Jevrić
Bolalari Enis, Verdin, Hajrudin va Berat

Ekrem Jevrić (1961-yil 25-oktabr – 2016-yil 4-mart) – Nyu-York shtatining Yonkers shahrida istiqomat qilgan chernogoriyalik qoʻshiqchi va televideniye yulduzi. Uning 2010-yildagi „Kuća poso“ (Uy – Ish) nomli mashhur musiqiy videosi orqali shuhrat qozongan, BBC va The Independent nashrlari tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi muhim hodisa sifatida eʼtirof etilgan[1][2][3]. Bir oy ichida ikki milliondan ortiq, umumiy 15 milliondan ortiq koʻrilgan turbo-folkjanridagi qoʻshigʻi unga sobiq Yugoslaviya hududida bir zumda shuhrat keltirdi[4][5][6].

Ekrem Jevrić Chernogoriyaning Plav shahrida tugʻilgan. Jevrić oʻn toʻrt yoshida chekishni boshlagan va otasi unga sigaret sotib olib berishdan bosh tortgani uchun, pul topish maqsadida yolgʻiz oʻzi Podgoritsa shariga yoʻl olgan[7]. Shundan soʻng Jevrić Sloveniyaga koʻchib oʻtgan[7]. 1985-yilda Igbala Jevrić bilan turmush qurgan.1988-yilda Kanadaga koʻchib oʻtgan, ammo oxir-oqibat AQShga joylashib, u yerda taksi haydovchisi kabi kam haq toʻlanadigan ishlarda mehnat qilgan[8]. Ularning toʻrtta oʻgʻli bor: Enis, Verdin, Hajrudin va Berat.

Jevrićning eng mashhur qoʻshigʻi „Kuća posô“ (Uy, ish yoki Uydan ishga) boʻlib, qoʻshiq Shimoliy Amerikadagi sobiq yugoslav muhojirlarining kundalik hayotini parodiya qilgan. Qoʻshiq YouTubeʼda bir zumda muvaffaqiyatga erishgan va 16,0 milliondan ortiq koʻrilgan. Jevrić 2010-yil mart oyida „Kuća posô“ nomli birinchi albomini yozgan va Dolce & Gabbana Winter 2011 Collectionda italiyalik tikuvchi rolida suratga tushgan[3].

2010-yil oxirida Jevrić mashhur serb realiti-shouning Farma namoyishida ishtirok etgan va uchinchi oʻrinni egallagan.

Jevrić 2016-yil 4-mart kuni Nyu-York shahrida 54 yoshida ishga ketayotgan vaqtida yurak xurujidan vafot etgan[9].

Televideniyedagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Farma 3 (2010) – uchinchi oʻrin
  • Farma 4 (2013) – musobaqadan chetlatilgan
  • Farma 5 (2013) – musobaqadan chetlatilgan
  • Parovi 6 (2015/2016) – ixtiyoriy ravishda tark etgan
  1. „YouTube folk singer reunites ex-Yugoslavia“. BBC News (2010-yil 17-iyul).
  2. „How the 'Borat of the Balkans' hit the big time“. The Independent (2010-yil 22-iyul).
  3. 3,0 3,1 „Pas do pasa, beton do betona“ (Serbian). Vreme (2010-yil 29-iyul).
  4. Marko Valenta, The Bosnian Diaspora: Integration in Transnational Communities, p. 240
  5. „New hit - Ekrem Jevrić (Serbian)“. 2012-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-may.
  6. Bizarre Balkan musician (Slovenian)
  7. 7,0 7,1 Jadadin, Edin. Estrada, n. 18, p. 44
  8. „Zvijezda Kanade i Amerike Ekrem Jevrić: Moja pjesma je pjesma o istini (croatian)“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-noyabr.
  9. Ovako je izgledala sahrana Ekrema Jevrića! (Serbian)