Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Emil Abaz | ||
Tavallud sanasi | 17-yanvar 1998-yil | ||
Tavallud joyi | Skopye, Makedoniya | ||
Boʻyi | 1.75 m | ||
Ampluasi | old himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Rupel Boom | ||
Raqami | 11 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
–2013 | Beerschot | ||
2013–2016 | Anderlecht | ||
2016 | Dinamo Zagreb | ||
2017 | Spartak Subotica | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016 | Dinamo Zagreb II | 7 | (0) |
2017 | Spartak Subotica | 22 | (0) |
2018–2019 | Beerschot Wilrijk | 11 | (0) |
2019–2020 | Borec | 21 | (0) |
2020– | Rupel Boom | ||
Milliy terma jamoa | |||
Belgium U16 | |||
2014 | Macedonia U17 | 3 | (0) |
2015–2016 | Macedonia U19 | 6 | (0) |
2017–2019 | Shimoliy Macedonia U21 | 15 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (12-iyul 2020-yil uchun) |
Emil Abaz (maked.: Емил Абаз, 1998-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — makedoniyalik professional futbolchi, Belgiya 1-milliy divizionida Rupel Boom jamoasida oʻynaydi. U Belgiya fuqaroligini ham olgan[1].
Emil Abaz Skopyeda tugʻilgan[2]. 2013-yilda Belgiyaning RSC Anderlext klubi yoshlar jamoasiga qo'shilishdan oldin Beerschot AC[1] jamoasi safida o'ynagan[3]. U 2015-2016-yilgi UEFA Yoshlar ligasi yarim finalida "Chelsi"ga qarshi o'yinda "Anderlecht" jamoasi safida top surgan[4].
2016-yilning yozida Emil Abaz Xorvatiyaning GNK Dinamo Zagreb klubi bilan shartnoma imzoladi. Abaz 2016-2017-yilgi mavsumda UEFA Yoshlar ligasida[4] Dinamo” jamoasi safida va 2016—2017-yilgi mavsumda Xorvatiya Ikkinchi Ligasida “Dinamo Zagreb II” safida o‘ynagan[5].
2017-yilning yanvarida qishki tanaffus vaqtida u Zagrebning “Dinamo” klubini tark etdi va Serbiyaning “Spartak Subotica” klubi bilan shartnoma imzoladi[6]. U 2016-2017-yilgi Serbiya Superligasining 26-turida 2017-yilning 12-martida FK Radga klubiga qarshi o'yinda, 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan jamoa safida edi[7]. 2018-yil boshida Abaz "Spartak" bilan o'zaro shartnomani bekor qildi va klubni erkin agent sifatida tark etdi[8].
Skopyeda tugʻilgan rumiyalik[2] sifatida Emil Abaz dastlab oʻzi yashayotgan Belgiya sharafini himoya qilgan hamda Belgiya U-16 terma jamoasida oʻynagan[9]. Keyinchalik Makedoniya sha'ni uchun o'ynay boshladi. U Makedoniya U-17 va U-19 terma jamoalarida maydonga tushgan[4][5].
2017-yil 24-mart kuni u Makedoniya U-21 terma jamoasidagi ilk debyut oʻyinini oʻtkazdi va 69-daqiqada Chernogoriya U-21 bilan oʻrtoqlik oʻyinida kapitan Petar Petkovski oʻrniga maydonga tushdi, yakunda Makedoniya 2:0 hisobida g'alaba qozondi[10].