Tugʻilgan joyi |
31-avgust 1988-yil Sollentuna, Shvetsiya | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Boʻyi | 5 ft 9 in (175 cm) | |||||||||
Ogʻirligi | 157 lb (71 kg; 11 st 3 lb) | |||||||||
Pozitsiyasi | Himoyachi | |||||||||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap | |||||||||
Oʻynagan jamoalari |
Linköping HC AIK IF Segeltorps IF Minnesota State Mavericks | |||||||||
Milliy jamoa | Shvetsiya | |||||||||
Jamoalardagi faoliyat | 2001—hozirgacha | |||||||||
Medallari va yutuqlari
|
Emilia Ingrid Maria Andersson Ramboldt qizlik familyasi: Andersson (talaffuzi: Emiliya Remboldt; 1988-yil 31-avgust) — shved xokkey himoyachisi. Oʻn ikki mavsum davomida Shvetsiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va sakkizta IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida, 2010-, 2014- va 2018-yillarda qishki Olimpiya oʻyinlarida oʻynagan. Ramboldt 2014—2015-yilgi mavsumda Riksseriening eng yaxshi xokkeychisi deb topilgan[1].
Ramboldt 1988-yil 31-avgustda Shvetsiyaning Stokgolmi bilan chegaradosh Sollentuna munitsipalitetida tugʻilgan. Bolaligida tez-tez muz maydonchasida oʻynagan, uning uchta akasi ham xokkey oʻynagan[2].
Mavericks bilan oʻzining birinchi mavsumida Andersson 18 ochko toʻpladi. Birinchi kurs talabalari orasida gol urish boʻyicha jamoa yetakchisi boʻldi[3].
Emilia Andersson 2015-yil iyun oyida Shvetsiyaning Linköping shahrida Anna Ramboldtga turmushga chiqdi[4]. Ikkisini 2012-yilda doʻstlari tanishtirgan. Ularning oʻgʻli Valter 2017-yilda tugʻilgan[5]. Asli Minnesotadan boʻlgan Anna Rambldt Minnesota shtatidagi St. Mary universitetida oʻqigan, u yerda maktabning fastpitch softbol jamoasida himoyachi sifatida oʻynagan va jinoyat huquqini oʻqigan.
Andersson Shvetsiya chempioni kubogida ishtirok etdi. 2006—2007-yillarda birinchi oʻrinni, 2007—2008-yilda esa ikkinchi oʻrinni egallagan.
2015-yil dekabr oyida Shvetsiyada boʻlib oʻtgan 4-millat turniri roʻyxatidan joy oldi[6][7].
Izoh: GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlik, PPG=Pover-pley goll, SHG=qisqa gol, GWG=gʻalaba keltiruvchi gol
Yil | Musobaqa | GP | G | A | Pts | PIM |
2010-yil | 2010-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari | 4 | 0 | 1 | 1 | 4 |
Yil | GP | G | A | Pts | PIM | PPG | SHG | GWG |
2008-09 | 34 | 4 | 14 | 18 | 22 | 2 | 0 | 0 |
2010-11 | 32 | 0 | 4 | 4 | 26 | 0 | 0 | 0 |
2011-12 | 4 | 1 | 0 | 1 | 8 | 0 | 0 | 0 |