Engin Hepileri | |
---|---|
Hepileri 2012-yilda sahnada chiqish qiladi | |
Tavalludi |
3-mart 1978-yil |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Aktyor, teatr rejissori va teleboshlovchi |
Faoliyat yillari | 1996-hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Ayşe Topçu (2011-2014) Beyza Şekerci[1] |
Bolalari | 1 |
Engin Hepileri (1978-yil 3-martda tugʻilgan)[2] turk aktyori va teatr rejissori. Mashhur Emret Komutanim harbiy komediyasi, Kampüsistan yoshlar seriali va Intikam Qasos filmlari bilan tanilgan. Qoʻshiqchi Kazım Koyuncu obrazini oʻynagan va shu film koʻplab kino festivallarda qatnashgan[3]. Shuningdek, Yılan Hikayesi, Yedi Numara, Gece Gündüz, Bu Kalp Seni Unutur Mu, Yaprak Dökümü, Hürrem Sultan, Gönül Çelen, Kızlar Yurdu kabi koʻplab seriallarda bosh rollarni oʻynagan. Sahnada Kent Oyunculari tarkibiga qoʻshilgach, teatr spektakllarida rol oʻynashni kamaytirib boshladi. 2008-yilda teatr rejissori sifatida faoliyatini davom ettirdi. TRT 1 telekanalida qisqa vaqt teleboshlovchi boʻlib, Altin Petek teledasturini olib bordi.
Hepileri sahnadagi ilk ishini Cağalooğlu Anadolu Lisesida talaba boʻlganida boshlaydi. 1996-yilda Istanbul Universiteti Davlat Konservatoriyasiga oʻqishga kiradi. 2002-yilda shu Universitetning aktyorlik yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni boshlagan va 2005-yilgacha shu yerda ilmiy xodim boʻlib ishlagan[4].
Oʻrta maktabda oʻqib yurganida Turkiya davlat teatri tomonidan tashkil etilgan toʻrtta spektaklda rol oʻynagan. 1998-yilda Anlat Şehrazat musiqiy filmida suratga tushadi, keyinchalik Theatre Forada Ölümsüzler spektaklarida rol oʻynadi[5]. Shu yilning oʻzida Kent Oyuncuları aktyorlari tarkibiga qoʻshildi. „Kent Oyuncuları“ kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan 20 ta spektaklda rol oʻynadi. Ayni paytda Hepileri kino va televidenie sohasida faoliyatini davom ettira boshlagan[6]. 2008-yilda teatr spektakllariga rejissyorlik qilishni boshlagan va Istanbul universiteti va Kenter Akademiyasida professor-oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 2011-2012–yillar oraligʻida TRT Okul kanalida ish kunlarida madaniyat-sanʼat mavzusidagi dasturni olib bordi[7].