Erk demokratik partiyasi — Oʻzbekistondagi siyosiy partiya boʻlib, 1990-yilda Sovet Ittifoqida mustaqillikni qoʻllab-quvvatlovchi partiya oʻlaroq tashkil etilgan. Bu partiya Oʻzbekiston tarixida roʻyxatdan oʻtgan ilk siyosiy partiya boʻlgan. 1993-yildan buyon partiyaning bosh qarorgohi Istanbulda joylashgandir.
Partiya yetakchisi — Muhammad Solih, bosh kotibi esa Otanazar Orif. Partiyaning 1991-yilning 19-sentabrida 000092-son bilan Oʻzbekiston davlat matbuot komitetida roʻyxatdan oʻtgan ERK gazetasi 1990-yildan hozirgi kunga qadar oʻzbek va rus tillarida chop etiladi.
Erk partiyasi 1991-yilning 29-dekabrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston prezidentlik saylovlarida oʻz nomzodi bilan qatnashgan.[1] Bu saylovda prezident lavozimiga ikki firqa — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan Islom Karimov, Erk partiyasidan Muhammad Solih nomzodi qoʻyilgan. Saylovning rasmiy natijasiga koʻra, Karimov 87.5 % bilan gʻalaba qozongan, Solih esa 12,5 % ovoz toʻplagan.
Erk partiyasiga 2007-yilning dekabrida oʻtkazilgan prezidentlik saylovlarida qatnashishga ruxsat berilmagan.[2]