Ezel Akay | |
---|---|
Tavalludi |
20-yanvar 1961-yil |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Rejissor, prodyuser va Ssenariy muallifi |
Faoliyat yillari | 1996-hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi | Şebnem Dönmez 2004-2007 |
Bolalari | 1 |
Ezel Akay (1961-yil 20-yanvarda tugʻilgan) – turk kino aktyori, film rejissyori va prodyuseri.
Ezel Akay Boğaziçi universitetini muhandis-mexanik boʻyicha tamomlagandan soʻng AQSh-Amerika Villanova universitetida aktyorlik salohiyatini oshirdi. Ezel Akay kopirayter, teatr rejissyori va aktyor lavozimlarida ishlagan. Turk prodyuserlik kompaniyasi IFR[1]ga asos solgan. Keyinchalik turk kino biznes olamida oʻz faoliyatini davom ettirgan. Ezel Akay oʻzining IFR film ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tashkil topganidan buyon 500 dan ortiq Televizion reklama filmlarni suratga olgan[2]. Ezel Akay 1996-yilda turk kinorejissyori Dervis Zaim bilan birgalikda Zaimning Tobutdagi Somersol qisqa metrajli filmini suratga oldi va u bir qancha milliy va xalqaro mukofotlarga sazovor boʻldi. Where's Firuze? Ezel Akay rejissyorlik qilgan ilk badiiy film boʻlgan.