Instant Maqolalar (Tezkor maqolalar) — Facebook ijtimoiy tarmogʻining xususiyati boʻlib, u resursning tashqi veb-sahifasiga oʻtmasdan Facebook mobil ilovasida Internet nashrlarining materiallarini koʻrish imkonini beradi. Servis sahifa yuklash vaqtini qisqartiradi va trafikni tejaydi[1][2].
2015-yilI 12-may oyida Instant Maqolalar ishga tushirildi[1]. Nyu-York Tayms, National Geographic, BuzzFeed, NBC, The Atlantic, The Guardian, BBC News, Spiegel va Bild boshlangʻich hamkorlari edi. Dastlab, bu xususiyat faqat iPhone uchun mavjud edi[3].
Servis ishga tushirgandan soʻng uch hafta mobaynida hech qanday nashr foydalanilmadi[4]. 9-iyun kuni The Guardian gazetasining birinchi maqolasi chiqdi[5].
2016-yil aprel oyida Facebook „Medium for Publishers“ platformasi bilan hamkorlik qila boshladi.Medium-dan foydalanadigan har qanday kompaniya yoki nashirlar oʻzlarining kontentini tezkor maqola formatida nashr etish imkoniyatiga ega boʻlishdi, chunki bu maʼlumot Facebook siyosatiga mos keladi[6]. Xuddi shu yili Facebook F8 konferentsiyasida kompaniya ushbu xizmatni barcha nashirlar uchun taqdim etishini maʼlum qildi[7].
Ishga tushirish vaqtida Facebook Instant Maqolalar xususiyati comScore, Google Analytics, Omniture bilan mos kelishini eʼlon qildi[8].