Fauna & Flora International (FFI) — Yer sayyorasidagi yovvoyi tabiat va ularning yashash hududlarini muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan xalqaro xayriya va nodavlat tashkilotdir. U 1903-yilda tashkil etilgan. FFI dunyodagi eng qadimgi xalqaro ekologik tashkilotdir. Oq (arab) oriksi tashkilot timsoli hisoblanadi. Bunga jamiyat tomonidan ushbu jonivorni koʻpaytirish boʻyicha loyihaning muvaffaqiyatli yakunlangani sabab boʻlgan.
Bir vaqtlar Britaniya Imperiyasining Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati sifatida tashkil etilgan xalqaro tashkilot 20-asrdagi ilk qoʻriqxonalar barpo qildi va hayvonlarni koʻpaytirish dasturlarini hayotga tatbiq etdi. Oʻshandan beri, nomlanishii va yondashuvlarida bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. FFI hozirda 40 ga yaqin mamlakatda tabiatni muhofaza qilish dasturlarini muvofiqlashtirish orqali mahalliy tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. U salohiyatni rivojlantirish, mahalliy darajadagi yondashuvlar va dengizni muhofaza qilishga koʻproq eʼtibor qaratmoqda. Jamiyatning „Oriks“ nomi bilan tanilgan ilmiy jurnali 1984-yildan beri tabiatni muhofaza qilish boʻyicha ilmiy maqolalarni chop etib keladi.
Fauna & Flora International ingliz qonunchiligiga binoan mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida tashkil etilgan va bosh qarorgohi Kembrijda joylashgan roʻyxatdan oʻtkazilgan xayriya tashkiloti hisoblanadi[1]. FFIning AQSH va Avstraliyada shoʻba tashkilotlari va Singapurda shoʻba shirkati mavjud. Hozirda FFI 40 ga yaqin mamlakatda mahalliy hamkor tashkilotlar, muassasalar, jamoalar va hokimiyatlar bilan ishlab, tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda.
FFI qirollik oilasi homiyligida boʻlib, u 1928-yilda tashkilot homiysiga aylangan Uels shahzodasi Edvard (keyinchalik qirol Edvard VIII) davriga toʻgʻri keladi. Qirolicha Yelizaveta II taxtga oʻtirganidan keyin 68 yil davomida[2], 2020-yil oktabrgacha, Kembrij gertsogi shahzoda Uilyamga homiylikni topshirdi. Bu shahzoda Uilyamning kelgusi avlodlar uchun tabiiy muhitni muhofaza qilib kelayotgan jamoalarni saqlash va qoʻllab-quvvatlashdagi koʻp yillik mehnatining eʼtirofidir[3]. FFI’ning hozirgi prezidenti Niderlandiya malikasi Lorentindir[4].FFI boshqaruvida katta vitse-prezident lavozimlari ham boʻlib, ular orasida 1959-yildan buyon FFI bilan aloqador boʻlgan Devid Attenboro[3], Stiven Fray[3][5], Sharlotta Ulenbruk[5] va Lord Jon Braun Madingli ham bor[5].
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |