Garyan jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Liviya Anti-Qaddafiy kuchlari | Liviya Arab Jumhuriyati kuchlari | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Noma'lum | Noma'lum | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
35 | noma'lum |
Garyan jangi Liviyadagi fuqarolar urushida Qaddafiyga qarshi isyonchi kuchlar va Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar oʻrtasida Nafusa togʻlarining sharqiy chekkasida joylashgan Tripolitaniyaning Garyan shahrini nazorati uchun boʻlgan jang.
Mamlakat boʻylab keng koʻlamli norozilik namoyishlaridan soʻng, tez orada Liviyada uyushgan muxolifatchilar Nafusa togʻlarining koʻp qismini nazoratga oldi. Garyan ham tez orada isyonchilar tomonidan qoʻlga olindi[1], ammo Qaddafiy Liviyani isyonchilardan qaytarib olish uchun va tezda nazoratni tiklash uchun boʻlinmalarni joʻnatdi. 1-martdan 2-martga oʻtar kechasi Qaddafiynin sodiq qoʻshinlari shaharga qorongʻu paytda kirib kelishdi. 2-mart kuni ertalab isyonchilar shahar hukumat qoʻshinlari tomonidan bosib olinganini tushunishdi. Askarlar muxolifat aʼzolarining roʻyxatini topishgandi. Garyandagi barcha isyonchilarni toʻplashni boshladilar. Garyan hukumat tomonidan qaytarib olindi[2].
Yafran va Kiklada Qaddafiy kuchlari magʻlubiyatga uchragach, isyonchi kuchlar Garyanga qayta hujum qilishga tayyorgarlik koʻra boshladilar. 6-iyulda qoʻzgʻolonchilar Al-Qavalishni egallab, Asabaga yurishdi. Biroq Qaddafiy qoʻshinlarining qarshi hujumi ularni biroz ushlab turdi va Al-Qavalishni vaqtincha Qaddafiyning qoʻlida qoldi.
13-avgustda isyonchilar Garyanga yana hujum qilishdi. Aniqlanishicha, isyonchilar dastlab Qaddafiy kuchlarini chekinishga majbur qilishga erishgan, biroq keyinchalik Qaddafiy tarafdorlari qayta toʻplanib, qarshi hujumga oʻtgan[3]. 14-avgust kuni isyonchilar shaharning 70 foizini nazorat qilayotganlarini maʼlum qilishdi[4]. Al-Qavalishdagi Qaddafiyning sodiq qoʻshinlari Garyandan chekinayotganini eshitishgan[5]. 15-avgust kuni isyonchilar shaharni toʻliq nazorat qilayotganliklarini eʼlon qilishdi[6][7]. Nafusa togʻlaridagi isyonchilar harbiy kengashi vakilining taʼkidlashicha, Garyan oʻsha paytda toʻliq inqilobchilar qoʻliga oʻtgan. Ular Gʻarbiy togʻlarda Qaddafiyning asosiy qoʻmondonlik markazi boʻlgan Sahbon brigadasini tor-mor qildilar. Va Brigadaning ogʻir va yengil qurollarini olib ketishdi[8]. .
16- avgust kuni hukumat matbuot kotibi Mussa Ibrohim hukumat qoʻshinlari Garyanni tez orada qaytarib olishini maʼlum qildi va Garyan qoʻlga olingani haqidagi isyonchilarning maʼlumotlarini bilvosita qoʻllab-quvvatladi[9][10]. Reuters Garyan isyonchilar qoʻlida ekanligini tasdiqladi, isyonchi kuchlar T-34 tanki bilan shahar markazida joylashib olishgan edi[11].
17-avgust kuni shaharda janglar davom etayotgani xabar qilindi[12].
18-avgust kuni sodiqlar shaharni butunlay tark etishdi, buni Reuters muxbiri tasdiqladi. Ular shimolga, Aziziyaga chekinishdi. [13] [14]
15-avgust kuni isyonchilar jangdan soʻng Garyandan janubga koʻchib oʻtishdi va Mizda harbiy bazani egallab, u yerda saqlanadigan Liviya armiyasining kuchli harbiy taʼminotiga ega boʻlishdi[15]. Mizda Garyan, Bani Valid va Sabha yoʻllari oʻrtasidagi strategik chorraha yaqinida joylashgan harbiy baza edi.