Gemangioperitsitoma-yumshoq toʻqimalar sarkomasining bir turi boʻlib, kapillyarlar devoridagi peritsitlar natijasida vujudga kelib chiqadi. Gemangioperitsitoma birinchi marta 1942-yilda aniqlangan[1].
Gemangioperitsitoma belgilari o'simta bosqichiga va taʼsirlangan organlarga qarab bir-biridan juda ham farq qiladi. Koʻpgina bemorlar ogʻriq mavjudligidan shifoyat qilishadi, boshqa bir bemorlar esa qon tomir kasalliklari bilan bogʻliq alomatlar haqida xabar berishadi, baʼzilari esa kasallik jarayonining oxirigacha hech qanday alomatlarni sezishmaydi. Gemangioperitsitomalar koʻpincha miya pardalarida, pastki ekstremitalarda, retroperitonealda, tos suyagi boʻshligʻida, oʻpka va plevrada uchraydi[2].
Gemangioperitsitomalar-kapillyarlarni qoplaydigan peritsitlar deb ataladigan maxsus shpindel shaklidagi hujayralardan kelib chiqqan o'smalar[3].
Kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tomografiya gemangioperitsitomalarni tashxislashning samarali usullari emas. Amalda, taxminiy tashxisga koʻpincha yumshoq toʻqimalarning boshqa oʻsmalarini istisno qilish orqali erishiladi va tashxisni tasdiqlash uchun to'qima biopsiyasi talab qilinadi[4].
Sarkomaning darajasiga qarab, u jarrohlik[5] [1], kimyoterapiya va radioterapiya bilan davolanadi. Jarrohlik gemangioperitsitomalarni davolashning amaldagi standarti boʻlsa-da, metastaz va oʻsmaning qaytalanishi bemorlarning 30% dan koʻprogʻida, tos boʻshligʻi va retroperitoniumda[6] va suyak va oʻpkada metastaz paydo boʻladi[7]. Radioterapiya omon qolish uchun sezilarli foyda keltirmaydi, lekin diametri 5 sm dan katta oʻsmalari boʻlgan yoki operatsiyadan keyin rezektsiya chegaralari yetarli boʻlmagan bemorlarda foydalanish tavsiya etiladi. Yumshoq toʻqimalar oʻsmalarida kimyoterapiyaning klinik afzalliklari noaniqligicha qolmoqda. Biroq, jarrohlik va kimyoterapiyaning kombinatsiyasi gemangioperitsitomli bemorlarda omon qolishni yomonlashtiradi[8].
Turli xil davolash usullarining samaradorligini aniqlash uchun koʻproq tadqiqotlar talab etiladi[8].
Bir qatorda, kasallik bilan kasallangan bemorlarning oʻrtacha yoshi 45 yoshni tashkil etdi, kasallikdan soʻng 10 yillik omon qolish darajasi 70 foizni tashkil etdi[9]. Boshqa bir tadqiqotda, 45 yoshdan oshgan va ayol jinsi gemangioperitsitomalarda omon qolish darajasining kamayishi aniqlangan[10].
- ↑ "Hemangiopericytoma: a vascular tumor featuring Zimmermann's pericytes". Annals of Surgery 116 (1): 26–33. July 1942. doi:10.1097/00000658-194207000-00004. PMID 17858068. PMC 1543753. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1543753.
- ↑ ":0">"Hemangiopericytoma: Incidence, Treatment, and Prognosis Analysis Based on SEER Database". BioMed Research International 2020: 2468320. 2020-11-03. doi:10.1155/2020/2468320. PMID 33204688. PMC 7655240. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7655240.
- ↑ "Hemangiopericytoma". Annals of Surgery 179 (2): 128–132. February 1974. doi:10.1097/00000658-197402000-00002. PMID 4359454. PMC 1355764. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1355764.
- ↑ ":0">"Hemangiopericytoma: Incidence, Treatment, and Prognosis Analysis Based on SEER Database". BioMed Research International 2020: 2468320. 2020-11-03. doi:10.1155/2020/2468320. PMID 33204688. PMC 7655240. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7655240. Wang K, Mei F, Wu S, Tan Z (2020-11-03). „Hemangiopericytoma: Incidence, Treatment, and Prognosis Analysis Based on SEER Database“. BioMed Research International. 2020: 2468320. doi:10.1155/2020/2468320. PMC 7655240. PMID 33204688.
- ↑ "Successful resection of giant hemangiopericytoma originating from the left atrium". Interactive Cardiovascular and Thoracic Surgery 5 (2): 79–80. April 2006. doi:10.1510/icvts.2005.124107. PMID 17670519.
- ↑ ":0">"Hemangiopericytoma: Incidence, Treatment, and Prognosis Analysis Based on SEER Database". BioMed Research International 2020: 2468320. 2020-11-03. doi:10.1155/2020/2468320. PMID 33204688. PMC 7655240. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7655240. Wang K, Mei F, Wu S, Tan Z (2020-11-03). „Hemangiopericytoma: Incidence, Treatment, and Prognosis Analysis Based on SEER Database“. BioMed Research International. 2020: 2468320. doi:10.1155/2020/2468320. PMC 7655240. PMID 33204688.
- ↑ ":1">"Intracranial solitary fibrous tumor/hemangiopericytoma: tumor reclassification and assessment of treatment outcome via the 2016 WHO classification". Journal of Neuro-Oncology 154 (2): 171–178. September 2021. doi:10.1007/s11060-021-03733-7. PMID 34417710.
- ↑ 8,0 8,1 "Hemangiopericytoma: Incidence, Treatment, and Prognosis Analysis Based on SEER Database". BioMed Research International 2020: 2468320. 2020-11-03. doi:10.1155/2020/2468320. PMID 33204688. PMC 7655240. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7655240. Wang K, Mei F, Wu S, Tan Z (2020-11-03). „Hemangiopericytoma: Incidence, Treatment, and Prognosis Analysis Based on SEER Database“. BioMed Research International. 2020: 2468320. doi:10.1155/2020/2468320. PMC 7655240. PMID 33204688.
- ↑ "Hemangiopericytoma. An analysis of 106 cases". Human Pathology 7 (1): 61–82. January 1976. doi:10.1016/s0046-8177(76)80006-8. PMID 1244311. https://archive.org/details/sim_human-pathology_1976-01_7_1/page/61.
- ↑ "Intracranial solitary fibrous tumor/hemangiopericytoma: tumor reclassification and assessment of treatment outcome via the 2016 WHO classification". Journal of Neuro-Oncology 154 (2): 171–178. September 2021. doi:10.1007/s11060-021-03733-7. PMID 34417710. Shin DW, Kim JH, Chong S, Song SW, Kim YH, Cho YH, et al. (September 2021). „Intracranial solitary fibrous tumor/hemangiopericytoma: tumor reclassification and assessment of treatment outcome via the 2016 WHO classification“. Journal of Neuro-Oncology. 154 (2): 171–178. doi:10.1007/s11060-021-03733-7. PMID 34417710. S2CID 237245514.