Turi | biznes va shoʻba korxona |
---|---|
Tarmogʻi | avtomobilsozlik |
Egasi | Jeneral motors |
Qachon asos solingan | 1995-yil |
Joylashuvi |
Halol (Rasmiy ofisi) Gurgaon (Marketing ofisi) |
Asoschi(lari) | General Motors (93%) |
Mahsulot(lar)i | A segment avtomobillari, ichki yonuv dvigatellari (eksport uchun) |
Ishchilar soni | 4000 |
Shoʻba korxonalari |
Opel India Private Limited Chevrolet Sales India Private Limited |
Vebsayti | chevrolet.co.in |
General Motors Hindiston — General Motors korporatsiyasi va SAIC hamkorligida yaratilgan boʻlib, Hindistonda avtomobil biznesi bilan shugʻullanadi. Bu hamkorlikning, 93 foizi General Motorsga tegishli, qolgan 7 foizi esa SAIC kompaniyasiniki hisoblanadi.[1] Bu kompaniya, avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha, Maruti Suzuki, Hyundai, Tata Motors va Mahindra kompaniyalaridan keyin 5 oʻrinda turadi. 2017-yilda General Motors kompaniyasi, oʻzining qayta qurish siyosatii doirasida, 21 yillik Hindistondagi biznesini toʻxtatishin eʼlon qildi.[2] General Motors Hindistonning asosiy eʼtibori kichik avtomobillar va avtomobil komponentlarini ishlab chiqarish va eksport hisoblanadi. Uning eksport bozorlarini, Meksika va bir necha boshqa Lotin Amerika mamlakatlarini oʻz ichiga oladi. Kompaniya undan tashqari, Hindistonda sotilgan GM avtomobillari uchun ehtiyot qismlar va tegishli xizmatlarni taʼminlash bilan ham shugʻullangan.
General Motors 1928-yilda Hindistonda Chevrolet avtomobili, yuk mashinalari va avtobuslarni yigʻish bilan shugʻullana boshladi, ammo 1954-yilda yigʻish faoliyatini toʻxtatdi. GM Hindustan Motors bilan, Bedford yuk mashinalari, Vauxhall avtomobillari, Allison uzatish transmissiyalari va off-road uskunalarini yaratish boʻyicha hamkorlikni davom ettirdi.
1994-yilda, GMIPL, 50 foizga Hindustan Motors va 50 foizga General Motorsaga egalik qiluvchi, Opel rusumli avtomobillarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanuvchi qoʻshma korxonasi tashkil etildi.[3][4]
GMIPL 2003-yilgacha Halol zavodida Opel avtomobillarini ishlab chiqarishni davom ettirdi va bu yerda Chevroletavtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi.
2000-yilda GMIPL oʻz shtab-kvartirasini Gurgaonga koʻchirdi. 2003-yilda kompaniya Bangalorda oʻz texnik markazini ochdi, u tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va transport vositalarini loyihalash faoliyatini oʻz ichiga olgan. Texnik markazi operatsiyalari kengaytirila boshladi, oʻz ichiga General Motors Hindiston tashqarisida sotib olish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash xizmatlari (2006), avtomobil dvigateli va uzatish transmissiyasi loyihalash va muhandislik (2007) va avtomobillarni loyihalash studiyalarni (2007) qoʻshib oldi.
GMIPL 2006-yil sentyabr oyida Talegaonda ikkinchi avtomobil yigʻish zavodi qurilishi boshlandi va 2008-yilda u yerda Chevrolet avtomobillari ishlab chiqarila boshladi.
2009-yil oxirida, General Motorsning Xitoydagi asosiy hamkori boʻlgan, Xitoy Shanxay Avtomobilsozlik Korporatsiyasi(SAIC) bilan Hindistondagi biznesini 50ga 50ga boʻlib olganini eʼlon qildi.[5]
2012-yil oktyabr oyida General Motors-Chevrolet oʻzining hind filialidagi ulushini 93 % ga oshirib, Xitoydagi SAIC hamkoridan 43 % ni oshkor qilinmagan summaga sotib olganini eʼlon qildi.[6]
GMIPL 2017-da dekabrga qadar kompaniya tomonidan sotiladigan barcha Chevrolet modellari sotishni toʻxtatishi va Hindiston bozoridan chiqib ketishini eʼlon qildi. Chevrolet avtomobillari eksport uchun hind zavodlarida ishlab chiqariladi.
2020-yilning yanvar oyida Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisi Great Wall Motors Talegaondagi General Motors zavodini sotib olishni rejalashtirmoqdaligini eʼlon qildi.[7]
GMIPL Halol, Gujarat va Talegaon Dabhade, Maharashtra avtomobil ishlab chiqarish zavodllariga egalik qiladi. Uning bosh ofislari Halol va Gurgaon shaharlarida va katta texnik markazi Bangaloreda joylashgan. Halol va Talegaon Dabhade ishlab chiqarish zavodlari har-yili birgalikda 225 ming dona avtomobillar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda, Halol shahridagi ishlab chiqarishi quvvati yopilgandan soʻng, Talegaon zavodida faqatgina export uchun Beat Hatchback & Notchback LHD avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.[8] Halol shahridagi ishlab chiqarishi quvvati MG Motor Hindiston tomonidan sotib olindi.[9]
Hindistondagi boshqa avtomobil kompaniyalari singari, GMIPL ishlab chiqaradigan avtomobillarni sotish, texnik xizmat koʻrsatish va sotish uchun mustaqil dilerlarni oʻzi tayinlaydi. 2008-yilning avgust oyidan boshlab u Gurgaon shtab-kvartirasidan va Mumbay, Kolkata va Chennai mintaqaviy zonal ofislaridan Chevrolet dilerlik tarmogʻini (jumladan, Nepal, Bangladesh, Shri-Lanka va Butan shaharlarida joylashgan eksport dilerlari) boshqargan.
GMIPL shuningdek, AC Delco brendi ostida mustaqil avtomobil taʼminotchilariga ehtiyot qismlar va xizmatlarni sotadi. Hindistonda GM savdo koʻrsatkichlari 2012-yil may oyida 6079 donaga tushib ketdi, oʻtgan-yilgi huddi shu davr uchun 8329 dona boʻlgan.[10]
2013-yil iyul oyida, GM Hindiston 114 ming dona Taveralarning xavfsizlik chaqiruvini eʼlon qildi. Bu xavfsizlik chaqiruvdan soʻng, ichki tekshiruv, GM Hindiston, Hind sinov normalarini buzganligini koʻrsatdi. Ichki tekshiruvga koʻra, baʼzi GM Hindiston xodimlari sinovdan oʻtmagan yuqori emissiya dvigatellarini oʻrnayotgandilar. Hodisadan keyin, GM Hindiston 25 xodimni ishdan boʻshatdi va 23 million lakh (358 ming AQSh dollar) miqdorida jarima toʻlashi belgilandii.
{{citation}}
: no-break space character in |title=
at position 3 (yordam)