Gokhan Alkan | |
---|---|
Tavalludi |
Gokhan ALkan 8 Dekabr, 1987 Istanbul, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 2011-hozirgi vaqt |
Millati | Turk |
Unvoni | Kojaeli universitetining “Avtomobil texnologiyalarini oʻqitish” boʻyicha va Anadolu universitetining “Tashqi savdo va marketing” yo'nalishi boʻyicha dotsent darajasiga ega. |
Mukofotlari |
APAN Star mukofotlati maxsus mukofoti Oltin Kapalak mukofotida eng yaxshi serial juftlik mokofoti |
Veb-sayti | www.gokhanalkan.org |
Gokhan Alkan—turk aktyori.
Gokhan Alkan 1987-yil 8-dekabrda Trkiyaning Istanbul shahrida tugʻilgan. U Kojaeli universitetining"Avtomobil texnologiyalarini oʻqitish" boʻyicha va Anadolu universitetining „Tashqi savdo va marketing“ y’nalishi boʻyicha dotsent darajasiga ega. U oʻrta maktab va universitet yillarida havaskor teatr jamoalarida rollar ijro etgan va shu bilan birga jonli musiqali chiqishlar qilgan. Mujdat Gezen sanʼat markazida bir yil taʼlim olgan va Mudat Gezen teatriga professional aktyor sifatida tanlangan. 2010-yildan 2013-yilgacha Mujdat Gezen teatrida ikki mavsum davomida bir nechta spektakllarda rol ijro etgan[1]. Alkan aktyorlik va qoʻshiqchilik taʼlimini MSM Actor Studio va Mujdat Gezen sanʼat markazida olgan. Oʻqishni tugatgandan soʻng bir guruh doʻstlari bilan oʻz teatrini tashkil qildi
Gokhan Alkanning professional tajribasi 2011-yilda boshlangan. 2011-yilds „Muhtasham yuz yil“ serialidagi ijrosi unga katta mashhurlik olib kelgan. Natijada, u keyinchalik bir nechta bosh rollarga tayinlangan. Alkan, Beren Gokyıldız bilan 57 qismdan iborat ikki mavsum davom etgan „Kocamin Ailesi“ filmidagi Tarik Uygʻun roli bilan Turkiyada asosiy aktyor sifatida tan olindi.2016-yilda 2-ta filmda bosh rolni ijro etgan. 2017-yil Monreal turk filmlari festivalida eng yaxshi film mukofotiga sazovor boʻlgan.[2] Alkan Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan 5-APAN Yulduzli Mukofotlarida koreys spektaklining bir varianti boʻlgan „Seviyor Sevmiyor“ filmida Yigit Balji rolini ijro etgani uchun Maxsus Mukofot bilan taqdirlandi. 2017 Toronto ReelHeART Xalqaro Film Festivalida 4 ta mukofotga „Eng yaxshi chet tilidagi film“ va „Eng yaxshi aktyorlar jamoasi“ nominatsiyasida nomzod boʻldi.
{{citation}}
: CS1 maint: date format () CS1 maint: unrecognized language ()
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()
![]() |