Goʻzal Xubbiyeva (1976-yil 2-mayda tugʻilgan) — 100 va 200 metrga yugurish boʻyicha ixtisoslashgan oʻzbekistonlik sprinter.[1]
Xubbiyeva 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 100 metrga yugurish boʻyicha Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. Birinchi raundda u 11.44 natija bilan Muna Li va Anita Pistondan keyin uchinchi oʻrinni egalladi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi. U yerda u yarim finalga chiqa olmadi.[1] 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan, shuningdek, 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham qatnashgan lekin ikkinchi bosqichga chiqa olmadi.[2]