Gérard de Cortanze (1948-yil 22-iyulda Parijda tugʻilgan) – fransuz yozuvchisi, esseist, tarjimon va adabiy tanqidchi. 2002-yilda „Assam“ nomli tarixiy romani uchun „Prix Renaudot“ mukofotini qoʻlga kiritgan. 2009-yilda Faxriy legion ordeni bilan mukofotlangan[1].
Gérard de Cortanze Paul Auster, J.M.G. Le Clézio va Surrealizm tarixi boʻyicha insholar nashr ettirgan. U „Le Figaro“ jurnali bilan hamkorlik qilgan, shu bilan bir qatorda adabiyotshunoslik bilan shugʻullangan va 2005-yilda Gallimard tomonidan boshlangan Folio Biographies toʻplami uchun mas’ul shaxs boʻlgan[2].
U 1995-yildan beri har yili oʻtkazib kelinadigan yevropalik yozuvchilarning fransuz tilida yozilgan yoki tarjima qilingan asarlarini mukofotlash uchun beriladigan Yevropa adabiyoti boʻyicha Jean-Monnet mukofoti hakamlar hay’ati raisidir.
Yozuvchining mukofotga sazovor boʻlgan „Assam“ asarida FransiyaningItaliyaga bostirib kirishi paytida italiyalik aristokrat Aventino Roero Di Cortanze haqida hikoya qilinadi. Asarning birinchi boʻlimida uning bosqinchilikka javobi va urush sahnalaridagi ishtiroki tasvirlangan. Bu voqealar „Urush va tinchlik“ hamda „Red Badge of Courage“ asarlaridagi voqealarga oʻxshab ketadi. Ikkinchi boʻlimda esa doʻstining Britaniya va Xitoy oʻrtasidagi choy savdosiga boʻlgan qiziqishi tufayli Janubiy Osiyoga qilgan safari tasvirlangan. Uchinchi boʻlimda Aventino bosib olingan Italiyaga qaytadi. U gʻolib fransuzlar bilan hamkorlik qilish, avstriyaliklarga qoʻshilish (oʻz vatani Pyemontning anʼanaviy doimiy dushmanlari) yoki nafaqat Italiya birligini, balki mustaqil qarshilik harakatini – boshqacha aytganda, italyan partizanlar harakatini targʻib qilish oʻrtasida tanlov qilishi kerak boʻladi. Bu fransuz romanidagi hikoya, tabiiy ravishda, Fransiyaning XX asrda yirik kontinental kuch tomonidan bosqiniga uchrashi haqida savollarni keltirib chiqaradi.
Gérard de Cortanze', René Major, Le livre de la morte, Paris, Aubier-Montaigne, coll. " Écrit Sur Parole ", 1980 (reprint 1992), ISBN 978-2-7007-0219-4
Claude Arnaud, Elisabeth Barillé, Gérard de Cortanze, Daniel Maximin, Paris *Portraits, Paris, Gallimard, coll. " Folio ", 2007, ISBN 978-2-07-034245-7, " Le géorama Montparnasse "