Hülya Darcan | |
---|---|
Tavalludi |
27-aprel 1951-yil Izmir, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Faoliyat yillari | 1967-hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Tanju Korel (turm. 1974; vaf. 2005) |
Bolalari | 2 |
Hülya Darcan Korel (1951-yil 27-aprel)[1]—turk aktrisasi. „Diriliş: Ertug'rul“ tarixiy serialidagi Hayme Xatun Ertugʻrulning onasi roli bilan mashhurlikka erishgan.
Darcanning millati alban. 1967-yilda 16 yoshida oʻz davrining eng mashhur jurnallaridan boʻlgan „Ses Mecmuasi“ jurnali yulduzlari tanlovida 3-oʻrinni egallagan. Bu bilan rejissorlar eʼtiboriga tushib birinchi marta kinoga taklif olgan. Uning ilk filmi Silahlari Ellerinde Öldüler filmi boʻlib unda Fikret Hakan, Ekrem Bora va Tugay Toksözlar bilan bosh rolni oʻynagan[1]. 1971-yilda Tanju Korel bilan tanishgan va 1974-yilda unga turmushga chiqqan[2].Ularning 1977-yilda tugʻilgan Zeynep va 1982-yilda tugʻilgan Bergüzar Korel ismli ikki farzandi bor[1][3].